Get Mystery Box with random crypto!

Qalam kitoblar do'koni

Telegram kanalining logotibi qalamuzb — Qalam kitoblar do'koni Q
Telegram kanalining logotibi qalamuzb — Qalam kitoblar do'koni
Kanal manzili: @qalamuzb
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163
Kanalning ta’rifi

✏️ Qalam online kitoblar do'koni
📚 Kitoblar
📖 Qur'onlar
📝 Iqtiboslar
📌Manfaatli postlar
Murojaat uchun:
👨‍💻 @qalam_uz_admin
☎️ 998977121006
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
https://taplink.cc/qalamuzb

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-12-11 12:05:15
#yangilik

”Dunyodagi eng baxtli ayol”
kitobi.

Ushbu kitob “O’kinma”, “Tabassum qiling” kabi kitoblari bilan o’zbek o’quvchilarining e’tibor va e’tiroflariga sazovor bo’lgan Oiz Qarniyning muhtarama ayollarimizga saodatli hayotga erishmoq yo’llarini anglatuvchi navbatdagi tadqiqotidir.
Adib ramziy ma’nodagi gullar va javohirlar misolida; oyat, hadis va hikmatlar asosida mavzuni juda qiziqarli va o’ziga xos uslubda yoritib beradi. Kitobning umumiy mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ayrim ibratli hikoyalar va ulug’larimizning pand-nasihatlari ham kitobga ilova qilindi.
”Dunyodagi eng baxtli ayol” kitobi tabarruk onajonlarimiz, ayniqsa, munisa opa-singillarimiz va qizlarimiz uchun qimmatbaho tuhfa bo’lishidan umidvormiz.

Muallif:
Doktor Oiz Qarniy
Muqovasi:
Qattiq
Sahifalar soni:
280 bet
Narxi:
42 000 so’m

Yetkazib berish xizmati Respublika bo’yicha mavjud.

Buyurtma uchun:
@qalam_uz_admin
+998977121006

@qalamuzb - Yaqinlaringizga ham ulashing
144 views09:05
Ochish/sharhlash
2021-12-11 05:34:06
#iqtibos

Kitob o’qishni boshlashdan oldin, keling, o’zimizni o’qishga harakat qilaylik.

- Jaloliddin Rumiy

@qalamuzb
145 views02:34
Ochish/sharhlash
2021-12-10 14:50:13
#yangilik

Diniy amallar ikki qismdir: biri gunohni tark qilish, ikkinchisi toatlarni bajarish. Gunohlarni tark qilish qiyinroqdir. Qo’lingizdagi kitob gunohlarni tark qilish yo’llarini qisqa va sodda uslubda bayon qilib beradi. Inshaalloh, siz ushbu kitobda boshqa manbalarda yo’q qiziq ma’lumotlarni topasiz va foyda olasiz.

”Biz gunohdan qanday saqlanamiz?”
kitobidan.

Muallif:
Muftiy Shu’aybulloh Xon Miftahiy
Muqovasi:
Qattiq
Sahifalar soni:
171 bet
Narxi:
35 000 so’m

Yetkazib berish xizmati Respublika bo’yicha mavjud.

Buyurtma uchun:
@qalam_uz_admin
+998977121006

@qalamuzb - Yaqinlaringizga ham ulashing
150 views11:50
Ochish/sharhlash
2021-12-10 05:15:07
#iqtibos

Agar menga dunyodagi barcha Qirolliklarning tojlari, mening kitoblar va o’qishni yaxshi ko’rishim evaziga oyog’im ostiga qo’yilganda edi, men hammasini (tojlarni) rad qilgan bo’lardim.

-
Fransua Fenelon

@qalamuzb
142 views02:15
Ochish/sharhlash
2021-12-09 14:25:17
#yangilik

Shayx, millat va haqiqat hamda din uchquni bo’lmish Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ahmad (asli asqalonlik, keyin misrlik, shofe’iy mazhabi shayxi, Ibn Hajar nomi bilan mashhur bo’lgan zot) oxirat kuniga tayyorgarlik uchun ta’lif etgan “Munabbihot” nomli kitobdir.
Kitob ikkilik, uchlik hadislar, hikmatlar bilan boshlanib, ohirida o’nlik hadislar bilan tamom bo’ladi.

”Oxirat kuniga tayyorgarlik”
kitobidan.

Muallif:
Ibn Hajar Asqaloniy
Muqovasi:
Qattiq
Sahifalar soni:
190 bet
Narxi:
35 000 so’m

Yetkazib berish xizmati Respublika bo’yicha mavjud.

Buyurtma uchun:
@qalam_uz_admin
+998977121006

@qalamuzb - Yaqinlaringizga ham ulashing
150 views11:25
Ochish/sharhlash
2021-12-09 05:15:06
#iqtibos

”Bolalarni o’qishga o’rgatish unchalik muhim emas, bolalarni nimani o’qiyitganlari haqida o’ylashga o’rgatish muhimroqdir!”

-Jorj Karlin

@qalamuzb
156 views02:15
Ochish/sharhlash
2021-12-08 14:34:06
#yangilik

”Ajib yangi dunyo”
kitobi.

Oldos Hakslining jahon adabiyotida chuqur ahamiyat kasb etgan shoh asari “Ajib yangi dunyo”da tengsizlik hukm suruvchi, texnologik toritar boshqaruv tizimini passiv qo’llab-quvvatlashlari uchun genetik usulda ko’paytiriladi, ijtimoiy jihatdan moslashtiriladi hamda farmatsevtik yo’l bilan kuchsizlantiriladi. Bularning bari insonni erki, insoniy qiyofasi va, ehtimol, qalbidan mahrum qiladi.
Hakslining durdona asari “Ajib yangi dunyo” millionlab o’qivchilarni hayrat va vahimaga soldi, bizni ogohlantiruvchi, o’yga to’ldiruvchi ajoyib badiiy asar o’laroq, bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmadi.

Muallif:
Oldos Haksli
Muqovasi:
Yumshoq
Sahifalar soni:
256 bet
Narxi:
39 000 so’m

Yetkazib berish xizmati Respublika bo’yicha mavjud.

Buyurtma uchun:
@qalam_uz_admin
+998977121006

@qalamuzb - Yaqinlaringizga ham ulashing
444 views11:34
Ochish/sharhlash
2021-12-08 05:23:06
#iqtibos

”Agar siz yozuvchini yaxshi ko’rsangiz, uning maktublari, kundaliklari, va qalami ostidan chiqqan har bir satr bilan tanishish imkoniyatini qo’ldan boy bermang, bu sizga uni chuqurroq tushunish imkonini beradi...”

-German Gesse

@qalamuzb
432 views02:23
Ochish/sharhlash
2021-12-07 14:16:05
#yangilik

”1985”
kitobi.

Entoni Byo’rjess-o’zbek kitobxoni uchun yangi nom. “1985” romani adibning o’zbek tiliga o’girilgan ilk katta asaridir. Mazkur kitob va muallifning boshqa asarlaridan bilish mumkinki, Antiutopiya-Byo’rjessning sevimli janri. Kollektiv xotira ustidan nazorat o’rnatgan davlat, hurfikrli shaxsning ko’ksidan itargan jamiyat, ziyolilari ko’chada tilanchilik, axlat titish bilan shug’ullanayotgan, boshi berk ko’chaga kirib qolgan hukumat.
Bir qarashda kitobxonning yuragi orqaga tortib ketadi. Ammo roman keng mushohadaga chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bosh qahramon Bev Jonsning har qanday jimjimador bo’yoqlar, majburan qo’shilgan ijobiy sifatlardan xoli tarzda, bor bo’y-basti bilan tasvirlanishi, yozuvchining sovuqqon uslubi, eng muhimi, asar taqdim etayotgan yangi g’oya Siz, aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Muallif:
Entoni Byo’rjess
Muqovasi:
Qattiq
Sahifalar soni:
348 bet
Narxi:
49 000 so’m

Buyurtma uchun:
@qalam_uz_admin
+998977121006
163 views11:16
Ochish/sharhlash
2021-12-07 05:28:06
#iqtibos

”Yaxshi yozilgan kitob har doim menga juda qisqa bo’lib tuyuladi.”

-Jeyn Ostin

@qalamuzb
160 views02:28
Ochish/sharhlash