Get Mystery Box with random crypto!

#Qahramon_pedagoglar Chekka hududlarda ham muvaffaqiyatlarg | Qahramon Pedagoglar

#Qahramon_pedagoglar

Chekka hududlarda ham muvaffaqiyatlarga erishish mumkin

Ergasheva Maxpiratxon Abdullayevna Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani 84 - maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Navbatdagi qahramonimiz o'quvchilarga ilm berishdan, yangiliklar yaratishdan, shogirtlarini yuksaklikka olib chiqish uchun mehnat qilishdan aslo to'xtamaydigan pedagogimiz

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

Assalomu alaykum men eng olis va qizil maktablardan birida o'qituvchi sifatida faoliyat yuritib boraman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali " Kreativ pedagog" kursi haqida eshitdim va biroz muddat kanal faoliyatini kuzatdim. Har kun biz pedagoglar uchun berib boriladigan foydali maslahatlar menga kursda o'qishim uchun motivatsiya berdi va " Kreativ pedagog" kursida o'qidim.

Kurs davomida faoliyatimda qo'llashim uchun foydali bo'lgan ko'pgina ma'lumotlar oldim va yangidan - yangi metodlarni o'rgandim. Ishonch bilan ayta olamanki o'rganganlarimning samarasi juda tez fursatda sezildi. Masalan darslarim davomida foydalanishga ulgurgan metodlarimdan " A va B ", "Autofokus", " Qadamba - qadam", " Beshta shlyapa" metodlarining o'ziyoq sinfga o'zgacha muhit olib kirdi.

O'quvchilarim nigohlari porlab bor g'ayrati bilan darsda faol bo'lishga kirishib ketdi. Ularning darsimizni qanday o'tganligini ota - onalariga so'zlab berganliklari esa mening muvoffaqiyatim ekanligini bildirdi. Xulosa qilib aytadigan  bo'lsam bu kurs men uchun juda foydali bo'ldi. Buning uchun  kurs tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman
.

@Qahramon_Pedagog