Get Mystery Box with random crypto!

#Qahramon_pedagoglar Sovuq havoda sinfni qaynoq metodlar bi | Qahramon Pedagoglar

#Qahramon_pedagoglar

Sovuq havoda sinfni qaynoq metodlar bilan ilitish mumkin

Jumaniyozova Nodira Allanazarovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining " O'zbek tili " fani o'qituvchisi


Navbatdagi qahramonimiz vaqt va qulay muhitni kutib o'tirmasdan qulayliklarni o'zi yaratadigan kreativ pedagoglarimizdan biri

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

Men "Kreativ pedagog" kursida o‘qib, o‘z bilimlarimni yanada mustahkamladim. Darslarimda qiziqarli metodlardan foydalanib, o'quvchilarni o‘zbek tili faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, ularning ziyrakligi, topqirligi, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga erishdim. Havo sovuq va o'quvchilar soni kam bo'lishiga qaramay darslarimni zavqli o'tkaza boshladim.

" Kreativ pedagog " kursida o'rgangan metodlarimdan biri "Autofokus", metodini qo'llashim bilan darsim o'zgacha ko'rinishga kirdi. O'quvchilarim har doimgidanda ko'proq darsga qiziqish bildirdi va dars so'ngigacha ularni pozitiv kayfiyat tark etmadi.

O‘quvchilarni darsda faol qatnashganligi uchun mukofatladim va dars oxrida uyga vazifalarni bajarib kelgan o‘quvchilarga keyingi darsda yana sovg‘a borligini aytdim, va "Xat" metodidan foyadlanib keyingi darslarimni yanada qiziqarli qilishni oldindan rejalashtirdim. Bunday ajoyib natijalarga erisha boshlaganim uchun esa kurs tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

@Qahramon_Pedagog