Get Mystery Box with random crypto!

O‘QISHGA MARXAMAT !!! Xurmatli bitiruvchilar va ularning ota- | Uchqo‘rg‘on Sanoat Texnologiyalari Texnikumi|Qabul maslahat Markazi

O‘QISHGA MARXAMAT !!!
Xurmatli bitiruvchilar va ularning ota- onalari.
Maktabni yoki kollejni tamomlab Oliy talim muassasiga xujjatlaringizni topshirib, «Imtixondan o‘taolamanmi?» deb o‘ylanib yuribsizmi? Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli qarori bilan tashkil etilgan Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumi sizga ulkan imkoniyat beradi.
Siz 2022- yilda talaba bulishingiz mumkin. Buning uchun siz, oliy ta’lim muassasasiga topshirgan xujjatlaringizni bizning texnikumga topshirib, imtixondan o‘ta olmagan taqdiringizda texnikumda o‘qishni davom ettirishingiz va o‘qishni tamomlagandan so‘ng yuqoridagi qarorga asosan 2-bosqichdan oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xujjat qabul qilinmoqda:

Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari
Kompyuter injiniring
Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
Buxgalteriya hisobi va audit
Bino va inshootlar qurilishi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va servis texnik-texnologi
Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi
Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish (turlari bo‘yicha)

O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, o‘qishni muvoffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Davlat namunasidagi TEXNIKUMni tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom, tamomlagan yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasida 2 bosqichdan imtixonsiz, suxbat asosida o‘qishni davom ettirish uchun yo‘llanma, texnik yo‘nalishdagi bitiruvchilar uchun “B” toifali xaydovchilik guvoxnomasi, keng profilli traktorchi guvoxnomasi xamda 3-razryadli elektrogazpayvandchi guvoxnomasi beriladi.
O‘qish Namangan muxandislik qurilish instituti professor-o‘qituvchilari xamda texnikumnnig o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan texnikum ustaxonalari, o‘quv xonalari va ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi.Yosh chegaralanmagan

Manzil: Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay MFY Do‘stlik ko‘chasi 1 uy Ma’lumot uchun:

+ 998 97 257 83 60|Telegram
+ 998 93 673 05 95|You Tube
+ 998 94 503 27 79|Facebook + 998 33 946 56 56|Instagram

Telegram
Uchqo‘rg‘on Sanoat Texnologiyalari Texnikumi|Qabul maslahat Markazi
QABUL MASLAXAT
MARKAZI