Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirib boʻlgandan keyin yana oʻqish joyini oʻzgartir | Qabul 2022 Yangiliklari

Hujjat topshirib boʻlgandan keyin yana oʻqish joyini oʻzgartirsa boʻladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, boʻladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (27-iyulgacha) bemalol oʻz yoʻnalishlaringizni oʻzgartirishingiz mumkin. Buning uchun my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirib, «Qayta ariza topshirish» tugmasini bosishingiz kerak.

Oʻtgan yillarda tugatganlar toʻlov qilib boʻlgandan keyin ham yoʻnalishlarni oʻzgartirsa boʻladi. Bunda toʻlov kuyib ketmaydi yoki yana qayta toʻlov qilish talab etilmaydi.

28-iyul soat 00:01 dan boshlab, yoʻnalishlarni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ungacha istalgancha oʻzgartirish mumkin.

Faqat 6 ta OTMdagi chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadigan yoʻnalishlar uchun hujjat topshirish yakunlanib boʻldi, shu sababli mazkur yoʻnalishlarga topshirganlar endi arizasini oʻzgartira olmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga doʻstona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 27-iyul kuni arafasida serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tagʻin oooooxiriga kelganda 27-iyul soat 23:59 da yoʻnalishni oʻzgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib oʻtirmang.

@Qabul_2022