Get Mystery Box with random crypto!

Qabul 2022

Telegram kanalining logotibi qabul_2022_yangiliklar — Qabul 2022 Q
Telegram kanalining logotibi qabul_2022_yangiliklar — Qabul 2022
Kanal manzili: @qabul_2022_yangiliklar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Murojat uchun: @hamidbekiv1c

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-18 18:12:49 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish

Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.

Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
8.0K views Хумоюн_шах , edited  15:12
Ochish/sharhlash
2021-09-15 18:10:07 Коллеж ва техникумларга ҳужжатларни қабул қилиш муддати узайтирилди

Кўп сонли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари мурожаатларини инобатга олган ҳолда коллеж ва техникумларга ҳужжатларни қабул қилиш муддати 2021 йил 25 сентябрга (шу куни ҳам) қадар узайтирилди.

Абитуриентлардан ҳужжатлар қуйидаги сайтлар орқали онлайн қабул қилинади:

коллежларга kollej.edu.uz

техникумларга texnikum.edu.uz.

Рўйхатдан ўтиш тартиби:

Электрон ариза тўлдирилади;

Умумтаълим мактабининг 11-синфни тугатганлигини тасдиқловчи аттестат нусхаси ёки ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасасини тамомлаганлиги тўғрисидаги диплом нусхаси юкланади;

Паспорт маълумотлар киритилади.

Изоҳ: Юридик техникумлар бундан мустасно.


https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
7.1K views Хумоюн_шах , edited  15:10
Ochish/sharhlash
2021-09-14 17:37:04 Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Manba : Oliygoh.uz

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
5.4K views Хумоюн_шах , edited  14:37
Ochish/sharhlash
2021-09-09 19:11:06 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning uchinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 9-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 615 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 176 nafari jarayonda ishtirok etdi, 439 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
5.8K views Хумоюн_шах , edited  16:11
Ochish/sharhlash
2021-09-08 11:55:23
Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

2021/22-o‘quv yilida O‘zbekistondagi texnikumlarga jami 103 098 nafar yoshlar qabul qilinadi. Kvotalar ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

69648 kvota – kunduzgi (kvotalar)
22871 kvota – sirtqi (kvotalar)
7993 kvota – kechki (kvotalar)
2586 kvota – dual (kvotalar)

Sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida grant yo‘q. Kunduzgi shaklga 13 666 kishi davlat granti asosida, 55 982 kishi kontrakt asosida qabul qilinadi.

Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
5.4K views𝙾𝚛𝚝𝚒𝚚𝚋𝚘𝚢𝚎𝚟𝚊. 𝙶 , 08:55
Ochish/sharhlash
2021-09-08 11:54:25 Magistratura uchun chet tili fanidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining Magistratura” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar talabgor haqiqatdan ham chet tili fanidan test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
4.5K views𝙾𝚛𝚝𝚒𝚚𝚋𝚘𝚢𝚎𝚟𝚊. 𝙶 , 08:54
Ochish/sharhlash
2021-09-05 13:34:09 Қайси ҳудудда ўқишга кириш кўрсаткичи юқори?

Юқорида талаба бўлган абитуриентлар сони бўйича маълумот берган эдик. Лекин айтганимиздек, бу умумий абитуриентларнинг сони кўплиги билан боғлиқ эди. Яъни аҳолиси кўп ҳудуддан кўпроқ талаба чиққан, бу табиий ҳол.

Фоизга нисбатан олсак, рейтинг умуман бошқача чиқади. Бундай рейтингда Бухоро вилояти яққол устунлик қилмоқда. Мазкур вилоят абитуриентларининг 26,8%и талаба бўлган. Кейинги ўринларда Навоий (24,6%) ҳамда Фарғона (23,4%) вилоятлари эгаллаган.

Ўқишга кириш кўрсатгичи бўйича охирги ўринларни Қашқадарё (17,8%), Сирдарё (17,3%) ҳамда Тошкент вилояти (15,9%) эгаллаган.

Талаба бўлган абитуриентлар фоизи бўйича ҳудудлар рейтинги қуйидагича:

Бухоро – 26,8%;
Навоий – 24,6%;
Фарғона – 23,4%;
Қорақалпоғистон – 22,4%;
Наманган – 21,6%;
Тошкент шаҳри – 21,6%;
Хоразм – 21%;
Самарқанд – 19,2%;
Жиззах – 18,9%;
Андижон – 18,3%;
Сурхондарё – 17,9%;
Қашқадарё – 17,8%;
Сирдарё – 17,3%;
Тошкент вилояти – 15,9%.

https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
5.4K views Хумоюн_шах , edited  10:34
Ochish/sharhlash
2021-09-05 11:49:40 ​​Test sinovlari natijasi bo‘yicha apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

Apellatsiya komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
4.7K views Хумоюн_шах , edited  08:49
Ochish/sharhlash
2021-09-03 13:09:38 Мандат жадвали!

ДТМнинг хабар беришича, натижалар қуйидаги жадвалга мувофиқ эълон қилинади:

15:00 дан — Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Навоий, Бухоро, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятларида тестга кирган абитуриентлар учун;

16:00 дан — Фарғона, Aндижон ва Наманган вилоятларида тестга кирган абитуриентлар учун;

17:00 дан — Самарқанд, Жиззах, Сирдарё, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳрида тестга кирган абитуриентлар учун.

Барчага омад тилаймиз!


https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
7.2K views Хумоюн_шах , edited  10:09
Ochish/sharhlash
2021-09-03 12:28:34
#Diqqat #Tarqating

Mandat bugun kechki payt yoki ertaga chiqadi

Bu haqida Qabul komissiyasidan olgan ma’lumotiga tayanib Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lumot berdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi
6.6K views𝙾𝚛𝚝𝚒𝚚𝚋𝚘𝚢𝚎𝚟𝚊. 𝙶 , 09:28
Ochish/sharhlash