Get Mystery Box with random crypto!

​​“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi 2021-y | Qabul 2022

​​“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 30-noyabr kuni Nukus shahrida “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Jizzax, Urganch, Toshkent, Buxoro va Qarshi shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Jizzax shahri – 6-dekabr;
Urganch shahri – 10-dekabr;
Toshkent shahri – 22-dekabr;
Buxoro shahri – 24-dekabr;
Qarshi shahri – 28-dekabr.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/lRc_ZiqWeoQ5MmZi