Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonla | Qabul 2022 | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.

Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ishlanmoqda.

Ular:

test sinovlarini an'anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;

pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.

Ma'lum qilinishicha, test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanadi va reja-chizmalari tayyorlanadi. 

50,4 ming abituriyent uchun mo‘ljallangan 103ta yopiq bino, 60,5 ming abituriyentga mo‘ljallangan 66ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.