Get Mystery Box with random crypto!

Menga nisbatan nohaqlik qilganlarni zulm qilganlarni qalbimni | Qabrdagi_Farishtam | 🔐

Menga nisbatan nohaqlik qilganlarni zulm qilganlarni qalbimni sindirganlarni behuda umid berganlarni ishonchimni poymol qilganlarni yarim yo‘lda tashlab ketganlarni mendan o‘z manfaati uchun foydalanganlarni qarg‘amadim qarg‘amayman
Hech kimga og‘ir kunlarni bedor tunlarni ko‘z yoshidan jiqqa xo‘l bo‘lgan yostiqlarni umidsiz tonglarni jarohatlardan lattasi chiqib ketgan yurakni ravo ko‘rmayman tilamayman
Chunki bularning barini yengib o‘tish qanchalik mashaqqatli ekanini bilaman Shunchaki Allohdan o‘zimga bu og‘riqlarni unuttiradigan o‘rnini bosadigan baxt va saodat so‘rayman. U g‘oyibidan shunchalik ulkan saodat yuborsinki chekkan azoblarimga mingdan ming rozi bo‘lay bularning hech biri bejiz emasligini anglab yetay ilohiy adolatning kuchiga butun vujudim bilan ishonay va yaxshi insonlar hali ham dunyoda borligiga shohid bo‘lay
Tangrim menga butun umrimga yetadigan baxt, barcha qayg‘ularimni unuttiradigan shodlik yubor..


#YoLgzLiKk

@qabrdagi_farishtammm  |