Get Mystery Box with random crypto!

Pozitiv UZ | Foydali va Qiziqarli

Telegram kanalining logotibi pztv_uz — Pozitiv UZ | Foydali va Qiziqarli P
Telegram kanalining logotibi pztv_uz — Pozitiv UZ | Foydali va Qiziqarli
Kanal manzili: @pztv_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 194
Kanalning ta’rifi

Eng so'nggi yangiliklar, foydali ma'lumotlar va qiziqarli videolar!
Tezkor yangilik, foydali ma'lumot yoki qiziq voqeani biz bilan bo'lishing va biz uni kanalga joylaymiz! Quyidagi moderatorga murojaat qilishingiz mumkin : @pztv_uz_moderator

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 18:00:13
Samarqanddagi turizm markazi ochilishida Sami Yusuf qo‘shiq kuylaydi

Buyuk Britaniyalik taniqli xonanda, diniy qo‘shiqlari bilan dunyo musulmon olamida katta shuhrat qozongan Sami Yusuf bugun, 23 avgust kuni Samarqand shahrida "Boqiy shahar" xalqaro turizm markazining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Pozitiv UZ
15 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-23 17:30:50
Afg‘oniston - O‘zbekiston chegarasidagi to‘qnashuvda 2 nafar inson halok bo‘lgan

1-avgust kuni Surxondaryo viloyatidagi Orol Payg‘ambar oroli hududida bir guruh Afg‘oniston fuqarolari davlat chegarasini buzib o‘tgan.

Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida Davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

2022-yil 21-avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilingan.

Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan.

Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda.

Pozitiv UZ
14 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-23 17:00:23
Ovqat tayyorlash tartibi

- Ovqat tayyorlash uchun bir necha turdagi o’simlik moyidan foydalanish. Bu organizm uchun muhim bo’lgan yog’ kislotalarining eng yaxshi manbai sanaladi. Buning uchun zaytun, kunjut, zig’ir, yong’oq va kedr yog’lari ajoyib tarzda mos keladi. Tozalanmagan yog’lar issiqlik bilan ishlov berish uchun mos kelmasligi haqida unutmaslik lozim.

- To’g’ri pishirish usuli. Mahsulotdagi barcha oziqa moddalarni saqlab qolish uchun unga minimal darajada issiqlik bilan ishlov berish zarur. Makaron yoki donlarni bir necha daqiqa davomida pishirish kifoya. Go’sht va baliq mahsulotlariga esa issiqlik bilan yaxshiroq ishlov berish tavsiya etiladi, chunki ularda turli parazitlar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, mahsulotlarni yog’da qovurishdan bosh tortish yaxshiroqdir, eng yaxshi usullar — qaynatish, pechda yoki bug’da pishirish sanaladi.

- Ovqat tayyorlash uchun tabiiy va yangi mahsulotlardan foydalanish. Har qanday yarim tayyor mahsulot yoki konservantlar, ta’m kuchaytirgichlari va bo’yoqlar organizmga tushadigan yukni oshiradi, toksinlarning chiqib ketishini qiyinlashtiradi va metabolizmni sekinlashtiradi. Pechda pishirilgan tovuq bo’lagi do’kondan xarid qilingan eng yuqori sifatli va eng qimmat kolbasa mahsulotlariga qaraganda bir necha barobar foydaliroqdir.

Manba: mymedic.uz

Pozitiv UZ
19 views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-23 16:01:57
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

23 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

Pozitiv UZ
12 views13:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:30:31
Ehtiyojmand aholiga 6 oyda 2 mlrd so‘mdan ziyod xayriya yordami

“Mahalla”
jamoat fondi tomonidan o‘tgan 6 oyda ehtiyojmand aholi qatlamiga 2 milliard so‘mdan ziyod xayriya yordami ko‘rsatildi. Bu haqda AOKAda fond axborot xizmati rahbari Hasan Salomov ma’lum qildi.

O‘tgan yarim yilda fond mablag‘lari hisobidan 248 ta fuqarolar yig‘iniga 1 milliard 238 million so‘mlik kompyuter texnikalari olib berildi. 258 ta mahalla idorasiga esa 1 milliard 547 million so‘mlik mebel jihozlari olib berildi.

Mustaqillikning 31 yilligi oldidan Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi fuqarolar yig‘inlariga mebel va kompyuter jihozlari topshirildi.

Pozitiv UZ
12 views12:30
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:01:12
Navoiyda itni avtomobilga bog‘lab sudrashdi

Fuqaroning xabar berishicha, uning farzandi ko‘rgan voqeasidan qo‘rqib ketgan. “Mashina orqasiga it bog‘langan holda ketayotgan edi. Bolam endi ko‘chaga ham chiqmaydi, it o‘ldirilgan deb yig‘layapti”, — deydi murojaatchi.

Pozitiv UZ
13 views12:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 14:30:51
Toshkent aeroporti uchib ketish zali oldidagi avtoturargohga kirish vaqtinchalik cheklandi

Rekonstruksiya ishlari
munosabati bilan 23 avgustdan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zali oldidagi avtoturargohga kirish vaqtinchalik cheklanadi.

Uzbekistan Airpors vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Pozitiv UZ
11 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-08-23 14:01:33
Bizning terimizda butun sayyoradagi odamlarga qaraganda ko'proq tirik organizmlar yashashi mumkin!

Pozitiv UZ
10 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:30:44
Beeline 6 oy ichida 1350 dan ortiq stansiyalarini ishga tushirdi

Pozitiv UZ
10 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:01:09
“Buyuk ipak yo‘li” metro bekatida suv oqib tushayotgani aytilmoqda

Pozitiv UZ
10 views10:01
Ochish/sharhlash