Get Mystery Box with random crypto!

Ovqatlanish tartibi Ovqatlanish tartibiga amal qilish qat’iy | Pozitiv UZ | Foydali va Qiziqarli

Ovqatlanish tartibi

Ovqatlanish tartibiga amal qilish qat’iy sanaladi. Juda kam ovqatlanish ham, tez-tez ovqatlanish yoki doimiy ravishda yengil tamaddilar qilish ham zararli hisoblanadi. Sog’lom kishi kuniga 4-5 marta, ovqatlanish oralig’ini 5 soat dan oshirmagan holda taomlanishi eng optimal sanaladi. Ovqat qabuli oralig’i juda ko’p bo’lsa, modda almashinuvi sekinlashadi va organizm tejamkorlik tartibiga o’tib oladi. Buning natijasida tanada yog’ to’plana boshlaydi. Qolaversa televizor qarshisida yoki ish joyida ovqatlanmaslik kerak, chunki bu holda bosh miya to’yganlikni kechroq idrok etadi.

Har kuni yangi sabzavot va mevalar iste’mol qilish. Tavsiya etilgan har birining miqdori 300 g. Shu tarzda organizm barcha kerakli vitaminlar va kletchatkaga ega bo’ladi. Bo’laklangan mevalarni idishga solib, ish yoki o’qishga olib ketish ham mumkin.

Pozitiv UZ