Get Mystery Box with random crypto!

Oddiy afsungarlik #fun Ofisda kompyuter buzilib qoldi. Usta | Python darslari

Oddiy afsungarlik
#fun

Ofisda kompyuter buzilib qoldi. Ustani chaqirishdi. Usta kelib, kompyuterni tuzatib ketdi.

Bu qanday bo‘lganini ofisdagi xodim hikoya qilib beryapti:

“Usta keldi, kompyuterga diqqat bilan tikilib turdi, nimadir deb shivirladi, o‘tiradigan kursimni o‘n marta aylantirib, kompyuterimni ozgina surdi, yana nimadir, deb pichirladi va ketdi. Mana, ishlayapti. Haqiqiy sehrgar ekan”.

Ustaning hikoyasi:

“Kompyuterni tuzatib berish uchun chaqirishdi. O‘sha kompyuterni ishlatadigan xodim esa joyida tek o‘tirolmaydigan, doimo kursisini aylantirib o‘tiradigan yigit ekan. Kompyuter simi stulning oyog‘iga o‘ralashib qolibdi. Men yigitga eshittirmasdan uni rosa so‘kdim, simni kursi oyog‘idan bo‘shatib, kompyuterni nariroqqa surib qo‘ydim. Chiqib ketgan simni uladim va yana bir marta so‘kinib, u yerdan chiqib ketdim”.

@IM_fakulteti

Barchamiz sehrgarlikga qodirmiz. Faqat izlanishimiz kerak!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita