Get Mystery Box with random crypto!

Yuragi yig'lasada yuzlari kulgan Dardlarini doim ichiga yutgan | Python darslari

Yuragi yig'lasada yuzlari kulgan
Dardlarini doim ichiga yutgan
Farzand uchun o'zin unutgan
Bedor tunlari bor ONA
Ey farzand
Ko'zlarizga bir bor boq
Sochlariga oralagan oq
Shu ongacha sen deya
Bo'lmagandir toqatlari toq
EEEEh sabrlari cheksiz ONA
Yig'lasang ozgina
Boshingda parvona
Ona o'rnida ona
Bo'ladi senga OPA
Kerak bo'lsa aymaydi jonini
Hech bildirmay qiynalgan onini
Onang kabi ichga yutar barini
Ulg'aysangda ololmaysan dardini
Esladingmi OPAng borini
Erkalagin ko'tararding yoshlikdan
Qaytarardi seni ko'p beboshlikdan
Onamga aytaman deya
Qo'rqitardi bolalikdan
O'shal SiNGLING yoningdami
Hech bo'lmasa yodingdami
Berkitardi birov bilan urushsang
Arazlardi aytganini qilmasang
Orqasida birortasini ko'rsang
Qizg'onishlaring esingdami
O'shal SINGLING yoningdami
Hech bo'lmasa yodingdami
Assalomu alaykum mehri quyoshdan iliq, yuzi oydanda tiniq AZIZ OPA-SINGILLARIMIZ! Sizlarni va siz orqali butun ayollarimizni ushbu ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, barakotli rizq nasib etsin. Yuzlaringizdan kulgu labingizgan tabbasum arimasin.
Keraksiz bo'lishdan asrasin hudo
Baxt-u saodatdan qilmasin judo
Kulib yuring ko'zlariz to'lmasin yoshga
Keraksiz insonga aylanmang aslo
Siz bizga hamisha keraksizlar AZIZ AYOLLAR!