Get Mystery Box with random crypto!

PYTHON DASTURLASH TILI - 2021

Telegram kanalining logotibi python_uzbek_coder — PYTHON DASTURLASH TILI - 2021 P
Telegram kanalining logotibi python_uzbek_coder — PYTHON DASTURLASH TILI - 2021
Kanal manzili: @python_uzbek_coder
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.39K
Kanalning ta’rifi

Python dasturlash tilini o'rganmoqchimisiz ? Ammo bu dasturlash tili haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan topishni bilmayabsizmi ?
Telegram tarmog'idagi Python dasturlash tili haqida barcha ma'lumotlarni o'zida saqlovchi kanal: @Python_uzbek_coder

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-09-05 10:11:44
Pythonda internet tezligini qanday aniqlaymiz?

##import speedtest module
from speedtest import Speedtest

def tezlikk():
print("Iltimos ozgina sabrli bo'ling!")

st = Speedtest()
down_tezligi = st.download()/1048576

print("Musaffo osmon ostidagi internet tezligingiz: {:.2f} MB/s\n".format(down_tezligi))

tezlikk()
1.8K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2021-09-01 08:34:03
Python orqali istalgan matnni qo'lda yozilgandek ko'rinishga keltirish.

@python_uzbek_coder
2.1K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2021-09-01 08:13:53
Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo'lsin!
1.6K views05:13
Ochish/sharhlash
2021-08-30 14:59:34 Cookies nima? Ular rostdan ham "mazali"mi?

❶ Internetda qaysidur saytga birinchi marta kirsangiz, sayt yuqori qismida yoki pastki qismida "bu sayt cookie'lardan foydalanadi" degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Cookies - bu saytlar tomonidan kompyuteringizda yig'iladigan sizning ma'lumotlaringizdir.

❷ Biron saytga kirdingiz va deylik, biron maqola o'qidingiz. Keyingi safar yana o'sha saytga kirsangiz va o'sha o'qigan maqolangizni qayta o'qimoqchi bo'lsangiz sayt sizga uni avval o'qiganligingizni eslatadi. Mana shu cookie'larning qanday ishlashidir.

❸ Cookie'larning "achchiq"lari ham bor - cross-site cookies - bular oddiy cookie'lardan ko'ra sizni butun internet bo'ylab nima qilayotganingiz haqidagi ma'lumotlarni kompyuteringizga yig'ib boradi va ulardan asosan reklamachilar foydalanadi.

❹ Agar internetga kirib biron oyoq kiyim qidirsangiz, bo'ldi tamom, qaysi saytga kirmang o'sha oyoq kiyim reklamasini ko'raverasiz. Bu cross-site cookie'laridir.

❺ Cross-site cookie'lari va oddiy cookie'larni brauzerni tozalash yordamida o'chirib yuborib mumkin, ammo supercookie deganlari ham bor. U yuqoridagi ikki cookie turidan ko'ra yomonroq va u cookie fayl sifatida emas, balki, brauzerning cache fayli sifatida saqlanadi. Supercookie'larni o'chirish uchun siz cache'ni tozalashingizga to'g'ri keladi.

Manba
1.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-08-30 09:18:50 Hamma davrlarda fikrlar turlicha

Bilasizmi har kimning oʻz davri bor. Har kim oʻzi ulgʼaygan muhit va jamiyatdan kelib chiqib fikrlaydi. Masalan bugun sizga otangiz "Juda boʼlmaganda bitta oʼqishga "заочный"ga boʻlsa ham topshirib qoʼy" desa siz "Undan koʼra kurslarga borib dasturlashni oʼrganaman" deysiz.

20 yildan soʼng siz farzandingizga "Juda boʼlmaganda bitta dasturlash tilini oʼrganib qoʼy" desangiz, farzandingiz "Hozir sunʼiy intellekt orqali fikrlarimni virtual tarzda reallashtiruvchi nano texnologiyali super kompyuterni tuzilish prinsiplarini oʼrgangan holda oʼzimga yordamchi koʻzoynak ixtiro qilishim kerak, dasturlash tillari qiziq emas" deganida siz ham oʻzingizni davringiz oʼtganini tushunib yetasiz...

#kepQoldi

@nizamoff
1.4K views06:18
Ochish/sharhlash
2021-08-22 10:20:15
Suhbatdan o'tishga tayyorlaydigan bir qancha servislar bilan tanishamiz

Pramp — bu yerda siz, bir qancha kompaniyalar suhbatidan o'tishga tayyorlanishingiz mumkin.

Codesignal — bu yerda siz Facebook, Google, Microsoft'dagi haqiqiy suhbatlardan savollar topasiz.

Intervyu.io — bu sayt taniqli kompaniyalarning ajoyib dasturiy ta'minoti muhandislari bilan anonim suhbat xizmatini taklif etadi.

CheckIO — o'yin jarayonida ishlab chiqilgan, hamma darajadagi dasturchilar uchun vazifalar mavjud bo'lgan sayt.

E-Olimp — turli xil murakkablikdagi vazifalarning katta arxiviga ega bo'lgan test tizimi.
2.2K views07:20
Ochish/sharhlash
2021-08-22 10:19:54
Tajriba yetishmaslik muammosi

Ko'p odamlar o'z loyihalarini yaratishga bir necha bor urinib, amalga oshmay qolsa, bu g'oyadan osongina voz kechishadi. Axir, hech narsa darhol bo'lmaydi, chunki bularning barchasiga tajriba yetishmasligi ta'sir qiladi.

Tegishli ko'nikmalar va bilimlarning yo'qligi orzuyingizni tark etish uchun sabab emas. Iste'dod tufayli ertami-kechmi kerakli ko'nikmalar yaxshilanadi, kerakli tajriba to'planadi va nima qilish va qanday qilish kerakligi haqida intuitiv tuyg'u paydo bo'ladi.

Tog'ning cho'qqisiga chiqish mashaqqat, biroq qiyinchilikka sabr qilib chiqib olsangiz, pastga qarab tushish oson bo'ladi. Yashin tezligida harakatlanasiz. Buning uchun faqat sabr va vaqt kerak. Faqat boy amaliy tajriba tufayli, haqiqiy asar yaratish mumkin bo'ladi.

Shunday ekan hech qachon taslim bo'lmang!

Manba: IT Star

@python_uzbek_coder
1.6K views07:19
Ochish/sharhlash