Get Mystery Box with random crypto!

In Python

Telegram kanalining logotibi python_dasturlash_darslari — In Python I
Telegram kanalining logotibi python_dasturlash_darslari — In Python
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.86K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum!
"In Python" kanaliga Xush kelibsiz!
Python - Kelajak dasturlash tilidir.
Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan do'stlarimizga tavsiya qilamiz
Murojaat: @junior_coder_2007
Reklama xizmati: @ad_management

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-02 08:08:51 Python dasturlash tili haqida

1. Nima uchun aynan “Python” deb ataladi?
Ko‘pchilik Python dasturlash nomini Python iloni bilan bog‘liq bo‘lgan deb o‘ylashsa-da, u aslida “Monti Pythonning uchuvchi sirki” telekomediya serialidan olingan. Bu serial 1970-yillarda Birlashgan Qirollikdagi BBC kanalida namoyish etilgan va sevimli bo‘lgan. Guido Van Rossumning. Bu qisqa, sirli va sevimli telekomediya shousining nomini o'z ichiga olganligi uchun u "Python" nomini tanladi.

2. Python dasturlash haqida yozilgan she'r
Ishoning yoki ishonmang, Tim Peters ismli bir kishi Python dasturlash haqida "Pythonning Zeni" deb nomlangan she'r yozgan. Ushbu she’rni o‘qish uchun tarjimonga “import this” so‘zini kiriting.

https://medium.com/media/ecba870087d91945d3530b5b1e356eda/href

3. Python boshlang'ich maktablarda fransuz tilini ortda qoldirdi
Bu sal kulgili emasmi? Ishoning yoki ishonmang, Python 2015-yilda eng mashhur boshlang‘ich maktab tili sifatida fransuz tilini ortda qoldirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 60% ota-onalar farzandlariga fransuz tilidan ko‘ra Python tilini o‘rganishni afzal ko‘rishadi. Bu shuni ko'rsatadiki, Python dasturlashning ahamiyati juda ko'p odamlar tomonidan tan olingan. Xuddi shu ma'lumotlarga ko'ra, boshlang'ich maktabdagi bolalarning 75 foizi fransuz tilini o'rganishdan ko'ra robotni boshqarishni o'rganishni afzal ko'radi.

4. Pythonda C va Java Variantlari mavjud
Python mustaqil dasturlash tili bo'lishiga qaramay, C va Java dasturlash tillari uchun o'zgarishlarni taklif etadi. CPython nomi bilan tanilgan C lotini Pythonga C afzalliklarini berish uchun yaratilgan. Bu mezonlardan biri unumdorlikdir. Variantdan tarjimon sifatida ham, kompilyator sifatida ham foydalanish mumkin.

Jython - bu Pythonning Java ilovasi. Bu Java-ning eng muhim xususiyatlaridan, masalan, samaradorlikni virtual mashinada ishlashga imkon beradi.

5. Python kompilyatorni talab qilmaydi
Python — Java va C++ kabi boshqa dasturlash tillaridan farqli oʻlaroq, kompilyatorni talab qilmaydigan yuqori darajadagi, talqin qilinadigan tildir. Python kodi Python dvigateli boʻlib xizmat qiluvchi va kompilyatorga ehtiyojni yoʻq qiladigan .pyc faylida saqlanadi.

6. Python — Google’ning rasmiy dasturlash tillaridan biri
Python rasmiy Google tili sifatida belgilangan kam sonli dasturlash tillaridan biridir. Python samaradorligi tufayli Google rasmiy dasturlash tillaridan biriga aylandi. Bu ular uchun foydali edi, chunki undan foydalanish oson, hatto yirik loyihalarda ham. Hatto YouTube ham Python dasturlash asosida ishlaydi.

7. Python ingliz tiliga o'xshaydi
Ko'pchilik Pythonni o'rganish uchun oddiy til deb aytadi. Buning asosiy sababi Python boshqa dasturlash tillariga qaraganda ingliz tiliga ko'proq o'xshashdir. Har bir kod satri nimaga erishayotganini aniqlash juda oson. Hammasi oddiy va tushunarli.

8. Keng ko'lamli jihatlar
Python umumiy maqsadli dasturlash tilidir. Aslida, u veb-ishlab chiqish, sun'iy intellekt, mashinani o'rganish, ma'lumotlar tahlili, narsalarning interneti va boshqa ko'plab kodlash stsenariylarida qo'llanilishi mumkin.

P.S: Kommentariyada mavzu yoki dastur haqida g'oya va fikrlaringizni yozing))

@python_dasturlash_darslari
2.2K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2022-07-30 22:01:08
#mavzudan_tashqari

2019-yilda bir o'yin yuklab olgan edim (hozir uni topib oldim)

Men 3-bosqichgacha borgan edim, ammo 4 ga o'tish imkonsizdek tuyilyapti.

Qani, 4-bosqichga kim o'ta olar ekan...
4-bosqichga o'tganga bitta usa bor

O'yin yopiq kanalda:
https://t.me/+N3i6xAL50xdiMzg6

P.S: Faqat programming qilmay, har zamonda chalg'ib ham turaylik

@python_dasturlash_darslari
1.3K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-07-27 15:19:24
7-dars yuklandi: Matnlarni formatlash

Yopiq kanalda ko'ring:
https://t.me/+N3i6xAL50xdiMzg6

YouTube'da:


1.5K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-07-26 20:55:32
Assalomu alaykum hamma hammaga. Kanalimizda berib borilgan(borilayotgan) videodarslarni ko'rganmisiz?

P.s.: Unutmang fikringiz bizga ahamiyatlidir)
Anonymous Poll
19%
Ha, barchasini ko'rganman
39%
Hammasini ham emas
43%
Yo'q, umuman ko'rmaganman
197 voters1.4K views17:55
Ochish/sharhlash
2022-07-18 09:38:14 RegExp nima

RegExp (Regular Expression) — Ingiliz tilidan tarjima qilinganda muntazam ifoda(lar) ma'nosini anglatadi.

— Nima uchun kerak bu?
Faraz qiling realni proekt bilan ishlayabsiz va sizga yozilgan matnda arifmetik amal borligini aniqlash vazifasi ham bor, shunda matnni user kirgizadi. Siz esa «tapr-tpur» if-else va in operatorlari bilan muammoni yechishga harakat qilasiz, chunki siz RegExp haqida bilmaysiz :)
RegExp bu muammoni yechish uchun juda optimal yechim va if-else ni ichida qandaydir chalkash algoritimlar yozishdan ko'ra 100 martta yaxshi.

Python'da buning uchun default re nomli kutubxona mavjud.

RegExp'ni maqsadi shuki, u kiritilgan ifodani umumiy holda to'g'ri ekanligini tekshirish uchun yana boshqa ifoda orqali aniqlash. Rasmdagi kodda eng oddiy (Ona tili fanidan bilganimiz) matnni to'g'ri yozilganligini tekshiruvchi funksiya yozdik.

Funksiya ichidagi re.search'ni ichida esa qandaydir «aji-buji» narsalarni yozganman, bunga 95% odam tushinmaydi va bu tabiiy hol. Bu tushunarsiz ifoda xuddi shu yozilgan gapni umumiy shakli.
RegExp juda qulay, ajoyib yechim va shunga yarasha mavhum tushuncha.

RegExp katta mavzu va bitta post ichida ma'umot berib bo'lmaydi. Men shunchaki bu haqida umumiy ma'lumot berdim holos.

P.S: Agar postda kami bo'lsa shu haqda biladigan obunachilarimizdan qo'shimchalar kutib qolaman

@python_dasturlash_darslari
1.8K viewsFirdavsDev, edited  06:38
Ochish/sharhlash
2022-07-18 09:37:58
#code #lib #foydali

Gap yoki matnni to'g'ri yozilganligini tekshiramiz

Post davomi pastda
1.4K viewsFirdavsDev, edited  06:37
Ochish/sharhlash
2022-07-14 10:48:43 — Python dasturlash darslari davom etadimi o'zi

Albatta davom etadi. Ancha vaqtdan buyon darslar to'xtab qolgan edi va buning sababi darslarga bo'sh vaqtim bo'lmayotganligida.

Tez orada (2-3 kun) ichida darslar yangicha formatda yana qaytadi

Fikr yoki boshqa takliflar bo'lsa kamina-yu kamtaringa murojaat qilavering :
@junior_coder_2007
1.6K viewsFirdavsDev, edited  07:48
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:24:50
#important #install #eslatma

Pythonni o`rnatishda nimaga e'tibor berish zarur?

Bazilar Add Python 3.6 to PATH ni belgilamaydi, shuning uchun ham pip ishlamay qoladi. Shuning uchun buni belgilash shart

@python_dasturlash_darslari
417 viewsFrontenDev, 09:24
Ochish/sharhlash
2021-12-17 11:45:33
Telegramda Yangilik.

Endi Smartfoningiz uchun HD formatdagi rasmlarni va ringtonlarni ushbu botdan bepul yuklab olishingiz mumkin.
Botda turli xil mavzularda HD rasmlar va ringtonlar mavjud!


Aytgancha sevimli kompyuteringiz uchun ham sifatli rasmlar bor. Sinab koʻring

Link @HDpicture_bot
468 views • МирзоҳиД • , edited  08:45
Ochish/sharhlash