Get Mystery Box with random crypto!

O’z sohangizni topish va mutaxassis bo’lishning 5 yo’li. Oldi | Pul Maktabi

O’z sohangizni topish va mutaxassis bo’lishning 5 yo’li.

Oldingi postlarimda katta daromad qilish uchun hozirda talab katta, lekin mutaxassislar kam bo`lgan sohani tanlash...

Va o’sha soha bo’yicha mutaxassis bo’lishingiz kerak degan edim.

Lekin o’z sohangiz orqali katta daromad qilishni xohlasangiz va faqat daromad uchungina bu sohani tanlasangiz - katta xatoga yo’l qo’yasiz.

Ta’kidlab o’tganimdek, sohadan katta daromad qilish uchun, soha bo’yicha mutaxassis bo’lishingiz lozim.

Soha bo’yicha mutaxassis bo’lish uchun esa faqatgina pul xohishi yetarli emas.

Siz qachonki...

...soha bilan yashasangiz
...ovqatlanganingizda o’ylasangiz
...tushingizda ko’rsangiz
...o’sha soha bilan umringiz oxirigacha...

Shug’ullanishga tayyor bo’lsangiz - ana o’shanda mutaxassis bo’la olasiz.

Lekin qanday qilib yuragimizga yaqin sohani topamiz? kabi savollarni birinchi marta eshitishim emas.

Shuning uchun ham man sizga birinchi qadamni tashlab olishingizga yordam berish maqsadida...

5 qadamdan iborat strategiyani keltirib o’taman.

Ushbu strategiya ishlashiga shubha qilishga urina ko’rmang.

Chunki ularni 3 yil oldin o’z ustimda ishlashni boshlagan man emas...

20-30 yil oldin birinchi qadamni tashlab ulgurgan millioner Tom Bilyeu yozgan.

O`z sohangizni topish va u bo`yicha mutaxassisga aylanish uchun...

Ko’plab sohalarda o’zingizni sinab ko’ring.

Qiziqishingizni uyg’otgan sohalarni aniqlang.

O’sha sohalarni chuqurroq o’rganing.

O’rganishingiz mobaynida soha shunchaki qiziqishdan muhabbatga aylansa - ushbu sohada mahoratli bo’lish uchun boringizni bering.

O’z sohangizga muhabbat qo’yib, mahoratga ega bo’lganingizdan keyin, boshqa hech qachon pul bilan muammoyingiz bo’lmaydi.

Agar kim bo`lishingiz noaniq bo`lib, hayotingiz xaosga aylangan bo`lsa...

Keyingi qiladigan ishingiz yuqoridagi 5 qadamlarni amalda sinab ko`rish bo`lsin.

Ushbu postni ko’rishi kerak bo’lgan ikki do’stingizga jo’nating.

Foydali bilimlar uchun @xayotsharapovblog kanalimga obuna bo’ling.

Esda tuting, o’z sohangiz ustasi bo’lsangiz, boshqa hech qachon puldan muammoyingiz bo’lmaydi.

Hurmat ila,

Xayot Sharapov