Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garo | Pulli Gap

Xabaringiz bor, endilikda 100 million so‘mgacha kreditlar garovsiz beriladi.

Lekin aynan kimlar bu imkoniyatdan foydalana olinishini bilasizmi?

Bugun sizlar bilan mana shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Bu miqdordagi kreditni garovsiz olish uchun:
 
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;

oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi kerak.

Shuningdek, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.  

Dastur doirasida, qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish ham ko‘zda tutilgan.  

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok