Get Mystery Box with random crypto!

Kundalik hayotda ko‘pchiligimiz kartadan kartaga pul o‘tkazish | Pulli Gap

Kundalik hayotda ko‘pchiligimiz kartadan kartaga pul o‘tkazish uchun komissiyasi yo‘q ilovalarga ehtiyoj sezamiz. Lekin qo‘limizda tayyor ro‘yxat bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bugun biz siz uchun qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘lishi, bunda limit qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladik.

Bugungi kunda pul o‘tkazmalari bo‘yicha eng katta limit taqdim etayotgan bank “Agrobank” hisoblanadi:

Agrobank

— Humo kartalari o‘rtasida – 20 mln so‘mgacha foizsiz;

— Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida – 10 mln so‘mgacha foizsiz;

— Agrobank Humo kartalariga limitsiz.

Keyingi o‘rinlarni esa quyidagi mobil ilovalar egallagan(oylik limit):

● Ziraat bank ilovasida kunlik limit — 10 mln so‘mgacha;

● “Tenge bank”ning Tenge24 ilovasi — 10 mln so‘mgacha;

● Humans ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Xalq banki”ning Xazna ilovasi — 5 mln so‘mgacha;

● “Davrbank”ning Davr Mobile ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;

● “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 3 mln so‘mgacha;

● Paynet ilovasi — 3 mln so‘mgacha.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok