Get Mystery Box with random crypto!

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad sol | Pulli Gap

Ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinligidan xabardormidingiz?

Keling, bugun sizlar bilan aynan shu mavzuni o‘rganib chiqamiz.

Ha, albatta, ushbu mablag‘lardan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin. Daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS)dan imtiyozlar:

Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

*Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 050 000 x 80 = 84 mln soʻm.

Uni masofadan olish ham mumkinmi?

Albatta, soliq organlariga tashrif buyurmasdan, “my3.soliq.uz” orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok