Get Mystery Box with random crypto!

Qishloq xo‘jaligi vaziri vaziyatga javob berdi, rahmat! Shu o | Pulatov

Qishloq xo‘jaligi vaziri vaziyatga javob berdi, rahmat!
Shu o‘rinda ularga ham aniqlik kiritib yozmoqchi edim, qarshi bo'lmasalar agar.

Assalomu alaykum! Munosabatingiz uchun tashakkur. Ammo menga yetkazilgan xabarda “давят”, degan so'z bo'lmaganida, ehtimol, matbuot xizmatingiz rostan ham muloqot qilishga chorlayapti, degan fikrga kelgan bo'lar edim, bu shak-shubhasiz. Buning ustiga matbuot xizmatingizning xodimi yoki xodimlari biror vositachisiz, bevosita o'sha o'rtadagi insondan telefon raqamimni olib, buni aytishlari maqsadga muvofiq edi. Axir barcha matbuot kotiblari shu vaqtga qadar aynan shunday muloqot qilishadi biz jurnalistlar bilan, biror e'tiroz yoki taklif bo'lsa.

Buning ustiga o'sha rasmlarni o'chirib yozgan munosabatimdan so'ng ushbu postni ham o'chirishni iltimos qila boshlashdi va yana o'rtadagi inson orqali. Biz ham ochiq muloqotga doim tayyormiz, har doim savolimiz bo'lsa Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqdan bevosita tashkilot rahbarlariga yozgan vaqtlarimiz ko'p bo'ladi va ular erinmasdan javob berishadi. Nima bo'lganda ham sizga javob uchun rahmat. Biroq matbuot xizmatingiz borasidagi fikrim o'zgarmaydi va bu yerda hech qanday xayp haqida gap bo'lishi mumkin emas mening tarafimdan.

Barcha isbotlar qo'limda bor, istalgan vaqtda ochiq muloqotga chorlashsa matbuot xizmatingiz, bajonidil suhbatga borishim mumkin.

Shu o'rinda matbuot kotiblaridan iltimos, o'rtaga odam qo'ymasdan telefon raqamlarimizni olib chiqib, postni o'chirish haqida shaxsan gaplashsangiz ehtimol hozir rahbaringizning bu borada o'ylanishiga hojat qolmas edi. Rahmat.