Get Mystery Box with random crypto!

OGOH BO‘LING: Pubg Mobile ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ | 𝗣𝘂𝗯𝗴 𝗠𝗼𝗯𝗶𝗹𝗲 𝗛𝗗

OGOH BO‘LING: Pubg Mobile ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi.
Xitoy bilan ziddiyat holatida bo‘lgan Hindiston hukumati o‘tgan haftada ularning 118 ta ilovasini taqiqlayotganini e’lon qilgan. Ular orasida esa mashhur PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini ham bor.
Aytish kerakki, PUBG Mobile o‘yinining Hindistonda o‘n millionlab ishqibozlari bor. Uning cheklanishi esa aksariyat fanatlar uchun kuchli ruhiy zarba bo‘ldi.
Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Nadiya tumanida yashovchi 21 yoshli talaba ayni shu o‘yin sababli o‘zini o‘ldirgan. Onasining aytishicha, Pritam Halder (Pritam Halder) ismli bu yigit 4 sentyabr kuni nonushtadan keyin o‘z xonasiga qamalib, eshikni ichkaridan qulflab olgan. Uzoq vaqt chiqmaganidan va chaqiruvlarga javob bermayotganidan xavotirlanib, eshigini buzib kirishsa, u xonaning shiftidagi ventilyatorga o‘zini osgan ekan.
Marhumning ota-onasi bilan bo‘lgan suhbatda .