Get Mystery Box with random crypto!

#affirmatsiya Qadrdonlarim, erta tongdan affirmatsiyalar bi | Психолайф

#affirmatsiya

Qadrdonlarim, erta tongdan affirmatsiyalar bilan oʻzingizga boʻlgan ishonchingizni oshirib oling

Men oʻzimni qanday boʻlsam, shundayligimcha muhabbat ila qabul qilaman.
Men oʻzimni sevaman.
Mening tanam va qalbim juda goʻzal.
Men barcha yaxshi narsalarga munosibman.
Barcha yaxshiliklarga ega boʻlishga oʻzimga ruxsat beraman.
Men oʻzimga ishonaman va doim toʻgri qarorlarni qabul qilaman.
Istagan barcha maqsadlarimga erishishimga ishonaman.
Men uchun barcha qobiliyatlarim qadrli.
Men oʻz kelajagim yaratuvchisiman.
Men fikrlarimni oʻzimga boʻlgan katta ishonch bilan ifodalay olaman.
Oʻzimga boʻlgan ishonchim kun sayin ortib bormoqda.
Men oʻzimga faqatgina mehr-muhabbatga toʻla munosabatdaman.

Unutmang, bugun siz oʻzingizga nimani ravo koʻrsangiz, ertangiz xuddi shunday boʻladi...

Cheksiz hurmat ila
Psixolog Gulirano Erolova

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Bizning rasmiy sahifalarimiz

Telegram | Instagram | Facebook