Get Mystery Box with random crypto!

Ona sizdek kim sevdi meni? Sevdim dedim yuzin burdilar Tik qa | Psixologiya Telegramda

Ona sizdek kim sevdi meni?

Sevdim dedim yuzin burdilar
Tik qaddimni yerga urdilar
Bedor qilib yallo yurdilar
Ona sizdek kim sevdi meni?

Do‘stim bisyor podsho bo‘lsam gar
Suyganimga kerak tillo-zar
''Eh ko‘nglim-a bo‘lding darbadar''
Ona sizdek kim sevdi meni?

Qiziq emas yorga hasratim
Do‘stga kerak faqat davlatim
Ketar bir-bir ketsa savlatim
Ona sizdek kim sevdi meni?

Jonim og‘rib bo‘g‘zimda zardob
Kundan-kunga ahvolim xarob
Borin bergan bir oliyjanob
Ona sizdek kim sevdi meni?

Peshonamda har kun parvona
Baxtim tilab baxtdan begona
Bu dunyoda yolg‘iz-yagona
Ona sizdek kim sevdi meni?

Mening xaddim bir siqim tuproq
Nima kerak bundan ortiqroq
''Dunyo sevdi'' dedim-a biroq
Ona sizdek kim sevdi meni?

Ona sizdek kim sevdi meni?
Kimga jo'natishni bilasiz...

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishda davom eting

Do'stlarga ulashish