Get Mystery Box with random crypto!

Omadingiz bor ekan... Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘o | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Omadingiz bor ekan...

Agar bugun ertalab sog‘-salomat uyg‘ongan bo‘lsangiz, dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo‘lsangiz, ayni damda 1 milliard insondan omadliroq ekansiz!

Urush tahlikasi va xavf-xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo‘lsangiz, 500 million insondan toleliroq ekansiz!

Muzlatgich va javonlaringizda oziq-ovqat, egningizda kiyimingiz va tunda uxlash uchun uyingiz bo‘lsa, dunyodagi 3 milliard inson sizga havas qiladi!

Cho‘ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo‘lsa, dunyodagi omadi kulgan 1 milliard insondan birisiz!

Ushbu maqolani o‘qiy olyapsizmi, demak, dunyodagi 2 milliard savodsizning biri emassiz!

Ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo‘lsa, Siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o‘z o‘rningizga egasiz!

Shunday ekan, Alhamdulillah deng!


Kanalga ulanish:
PSIXOLOGIYA TESTLAR STATUSLAR