Get Mystery Box with random crypto!

BARVAQT QARISHGA OLIB KELUVCHI ODATLAR Ba’zi odatlar odamnin | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

BARVAQT QARISHGA OLIB KELUVCHI ODATLAR

Ba’zi odatlar odamning erta keksayishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

KAM UXLASH:

Me’yoridan kam uxlash terida barvaqt qarish belgilari paydo bo‘lishiga va muhitning zararli ta’sirini qayta tiklash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

SHIRINLIK KO'P YEYISH:

Shirinlikni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish – umrni qisqartiruvchi eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.

QUYOSHDA KO'P YURISH:

Yoshlikni saqlab qolishni xohlaysizmi? Quyoshli paytlarda SPF-15 kremidan foydalaning, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing, shlyapa kiying.

TERINI SKRABLASH:

Skrab yoki terini tozalashning boshqa usullarini suiiste’mol qilish terining barvaqt qarishining tezlashuviga olib keladi. Ayniqsa ayollar uchun terini qo‘pol ravishda tozalash – qarilikni tezlashtiruvchi yo‘l hisoblanadi.

KAM XARAKATLANISH:

Muntazam ravishda kam harakatlanish – yurak-tomir, saraton, diabet kasalliklarining kelib chiqish xavfini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.

https://telegram.me/joinchat/D3Cfyz8l_gu_uddctskJsg