Get Mystery Box with random crypto!

Shuningdek… Turmush oʼrtogʼingizning yonida hamisha xush ka | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Shuningdek…

Turmush oʼrtogʼingizning yonida hamisha xush kayfiyatda boʼling.

U bilan bahslashmang, yonida boshqalar bilan sen-menga bormang.

Uni maqtang, aql-zakovati, tashqi koʼrinishini eʼtirof eting.

Hech qachon juftingizga qoʼpol muomalada boʼlmang. Shirinsoʼz boʼling.

Sevgilingizning ishlari, kasbi bilan qiziqing. Buni hammasidan yuqori qoʼyishingizni bildiring, oʼzingizning ishingizni ikkinchi planga qoʼying. Undan maslahat soʼrab turing.

Turmush oʼrtogʼingizga ota-onasini juda qadrlashingizni ayting. Ularga alohida eʼtibor qarating.

Juftingizga nisbatan aqlli koʼrinishga urinmang. U sizning mustaqil qaror qabul qila olish qobiliyatingiz borligini, ammo suyanchigʼingiz aynan oʼzi ekanini bilsin.

Oʼz qadr-qimmatingizni hech qachon yoʼqotmang, u qaerda boʼlsa ortidan quvlayvermang.

Har qanday inson kabi erkak kishi ham vaqti-vaqti bilan yolgʼiz qolishni istaydi. Shuning uchun goh-gohida beeʼtibordek, hafsalasizdek koʼrinsa, buning uchun uni ayblayvermang.

Mehnatsevarligi, olijanobligi, sizga boʼlgan muhabbatiga nisbatan ishonchini oshiring.

Unga nisbatan xushmuomala, mehribon boʼling va qanchalik qadrlashingizni tez-tez takrorlab turing.

Hech qachon hech nimani yuziga solmang, gina qilmang. Eʼtirozingizni ham chiroyli tarzda bildirishga oʼrganing.

U biror sovgʼa yoki pul bersa, bundan xursandligingizni albatta bildiring. Norozi boʼlaversangiz, keyin «menga sovgʼa bermay qoʼygan» deb oʼpkalab yurmang. Uning eʼtiboridan qanchalik quvonishingizni oʼzi koʼrib, anglay olsa, bu oʼziga nisbatan bahosini ham oshiradi.

Suhbatlashayotib, gapni boshqa mavzuni burishni biling. Bu koʼngilsiz gaplardan qochish imkonini beradi.

"Erkak kishining yuragiga yoʼl oshqozon orqali" degan gapga amal qilib, pazandalik mahoratingizni oshirib boring. Lekin biror sabab bilan qorni toʼq holda uyga qaytsa, «ataylab siz uchun pishirgandim, yeysiz endi» deb uni bunga majburlamang. Аks holda pazandaligingizga soya solgan boʼlasiz.

Xullas, shunday ayol boʼlingki, oqilaligingiz tufayli turmush oʼrtogʼingiz uchun bir umr ideal ayolligingizcha qoling va oilangiz hamma havas qiladigan darajada mustahkam boʼlsin!

ПСИХОЛОГИЯ