Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqiy sevgining alomatlari 1. Siz sevishga qaror qildingiz. | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

Haqiqiy sevgining alomatlari
1. Siz sevishga qaror qildingiz. Sevgi bu harakat emas, balki tuyg’u. Bu siz ongli ravishda qaror qabul qilishingiz.

2. Siz muhabbatni namoyon etasiz. Siz harakat qildingiz va kuch sarfladingiz. Siz qasddan zarar qilmaysiz. Siz qasos olmaysiz, manipulyatsiya qilmaysiz, qo’rqitmaysiz. Juftingizning ehtiyojlari sizni jaxlingizni chiqarmaydi. Siz uning barcha vaqtini olishga harakat qilmaysiz. O’zaro munosabatlarda o’zingizni ishonchli his qilasiz.

Siz sherikingizning nuqtai nazarini qadrlaysiz. Siz u sevgi izhor qiladigan tilni o’rganasiz. Siz uning manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib qaror qabul qilasiz. Siz uni qo’llab-quvvatlaysiz. Siz g’amxo’rlik qilasiz va g’amxo’rlikni qabul qilasiz.

3. Siz ayni paytda xohlamasangiz ham muhabbatingizni ko’rsatasiz. O’zaro munosabatlarda hammasi yaxshi bo’lganida boshqa insonni sevish juda oson. Ammo qiyinchiliklar boshlanadigan davr esa juda muhimdir.

*Agar kelishmovchilik paytida, sizning maqsadingiz g’olibni topish emas, balki murosaga kelish bo’lsa, siz haqiqatdan ham sevasiz.

*Siz sevasiz, agar sherigingizning so’zlarini dushmanlik bilan qabul qilmasangiz, unga shubha qilmasangiz. Hisobni saqlamasangiz. Xafagarchilikni saqlamasangiz. Juftingizni jazo sifatida sevgingizdan mahrum qilmasangiz.

*Agar avvalambor sizni tushunishiga emas, balki tushunishga intilsangiz, siz sevasiz. Siz tinglagan va siz bilan baham ko’rilgan narsalarni qadrlaysiz.

*Siz sevasiz, agar siz o’zingizni sherikingiz bilan bir jamoadek tutsangiz. Siz tinglayapsiz. Siz imtiyozlar berasiz. Siz kechirim so’raysiz va kechirasiz.

*Og’ritganda ham uni sevasiz. Sherikingizning ehtiyojlarini hurmat qilasiz, hatto ajralish bilan bog’liq bo’lsa ham.

O’zingizga “Sevib qolganilikni qanday tushunish mumkin” emas, balki “Qanday qilib sevish kerak” degan savolni bering. “Sevishish” va “sevish” tushunchalarini ajratib turishga arziydi, chunki birinchisi shunchaki ko’r-ko’rona oshiqlikdir, bu haqiqiy hissiyotlarga hech qanday aloqasi yo’q. Sevgi bu harakatdir. Har doim qilinadigan harakatdir.

ПСИХОЛОГИЯ