Get Mystery Box with random crypto!

#haqida Haqiqiy do'stlar kim Bir kuni bir yigit turmush q | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

#haqida

Haqiqiy do'stlar kim

Bir kuni bir yigit turmush qurishga qaror qildi. Bir hafta uy yumushlari bilan yugurdi, to‘yga hozirlik ko‘rdi.

Bir kuni kechqurun u otasiga dedi:

Dada, sizdan bir iltimosim bor. Men o'zim hamma narsaga ulgurishim qiyin bo'layapti, shuning uchun iltimos, do'stlarimga qo'ng'iroq qilib, ularni to'yimga taklif qiling.

- Yaxshi, o'g'lim, - dedi ota.

To'y kuni o'g'li otasining oldiga yugurib kelib, xafa bo'lib gapirdi:

- Dada, barcha do'stlarimni chaqirishingizni so'ragan edim!

- Aynan shunday qildim o'g'lim.

- Lekin ro'yxatimda 50 kishi bor edi, men ulardan atigi 15 nafarini ko'rdim.

- O'g'lim, men hammani... 50 kishini chaqirdim. Ularning har biriga sening iltimosing bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilayotganimni, sen hozir qiyin ahvolda ekanligingni, senga do‘stlar yordami kerakligini aytdim. Demak, tashvishlanma, o'g'lim, HAMMA DO'STLARING HOZIR SHU YERDA!

ПСИХОЛОГИЯ