Get Mystery Box with random crypto!

BAXT SARI 5 QADAM «Hal qilinmaydigan muammoning oʻzi yoʻq | Psixologiya 🎓 Maslahat🎓Testlar ️

BAXT SARI 5 QADAM

«Hal qilinmaydigan muammoning oʻzi yoʻq. Shunchaki, xayolni chalgʻituvchi vaziyatlar bor, xolos». Ana shu iborani yodda saqlang.



Hayotingizga yangilik kiritishni istasangiz, ishni oʻzingizdan boshlang. Zero, oʻzingiz oʻzgarmas ekansiz, buni boshqalardan talab qilish toʻgʻri boʻlmaydi.



«Hech qachon hech nimadan afsuslanmang! Hammasi yaxshilikka!» Oddiy soʻz boʻlgani bilan bilib aytilgani rost.



Bir eshikni ochish uchun ikkinchisini yopishga toʻgʻri keladi. Ammo ortda qolganini zichlab yopingki, keyin yana ochish istagi paydo boʻlmasin.



Ishoning! Bu tuygʻu har birimiz uchun gʻoyat zarur! Hatto atrofingizdagilar «tamom boʻldi» deyishsa ham, «yashashni endi boshlayapman» deya ishonch bildiring. Oʻzingizga, qalbingizga va tanlagan yoʻlingizning toʻgʻriligiga...


Muxabbatga to`la qalblar uchun

@Psixolo Psixologiyadan testlar kanali