Get Mystery Box with random crypto!

​#MOTIVATSIYA 100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish: Doim o | Psixologiya New

​#MOTIVATSIYA

100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish:

Doim o'qishni hohlagan, lekin jazm qilolmagan biror bir qiyin kitobingizni tanlab, ipidan ignasigacha o'qib chiqing.

Har kuni yangi nimadir o'rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo'yi olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz, lug'at olib, yangi so'zlar yodlashingiz mumkin.

"Tonggi sahifalar" - tongda keladigan fikrlar oqimini maxsus daftarga yozib boring. Bu uyg'onganingizdan keyin qiladigan birinchi ishingiz bo'lsin.

Butun dunyo ruhshunoslari bir ovozdan tasdiqlaydigan tavsiyaga amal qiling - har kuni bir varoq qog'ozga hayotingizda sizni mamnun qiladigan 5-10 ta narsani qayd etib qo'ying - Shukronalik izxorlarini yozing.

Shikoyat qilishni bas qiling. Salbiy fikrlar salbiy natijalarga olib keladi.

Asosiysi, bu mashg'ulotlarni shunday ishtiyoq bilan bajaringki, 100 kun ichida ular odatga aylanib qolsin!


@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING