Get Mystery Box with random crypto!

#So'zqudrati Ikki og'iz so'z qudrati: SOG' OMONMISIZ? - esh | Psixologiya New

#So'zqudrati

Ikki og'iz so'z qudrati:

SOG' OMONMISIZ? - eshitib qalbingiz huzur topadi.

NIMA DEYSAN? - yuragingiz to'xtagandek xis qilasiz, guyoki dunyoda ortiqchadek sezasiz o'zingizni.

SOG'LIGING YAXSHIMI? - yana yashagingiz keladi.

QACHON QARAMA KASALSAN-A!? - dardingiz o'n chandon ko'payadi.

XAFA BO'LMA - xayriyat kimdir menga qayg'uryapti.

O'ZING AYBDORSAN! - o'lganni ustiga chiqib tepish.

BAXTLI BO'LASAN! - baxt sari uchishga birinchi qanot.

BU KETISHDA HECH QACHON BAXTLI BO'LMAYSAN! - orzuga o'lim.

QO'LINGDAN KELMAYDI, OVORA BO'LMA! - oyoqdan chalib yiqitish.

ALBATTA EPLAYSAN SANGA ISHONAMAN - yuqoriga chiqish uchun zina.

BILMADIM, BU KETISHINGDA …. - Yaxshi kunlarga bo'lgan ishonch tamom.

HAMMASI YAXSHI BO'LADI – Ertangi kuningga umid.

Davom etaversam hech qachon tugamaydi.

Azizlarim ikki og'iz so'zingiz bilan kimgadir qanot bag'ishlashingiz mumkin yoki yana ikki og'iz so'zingiz bilan qanotini sindirishingiz mumkin ekan.

Yaxshi so'z ham, yomon so'z ham bir og'izdan chiqadi, atrofdagilardan shirin so'zingizni ayamang.

@Psixologiyanew Kanalimizga obuna bo'ling