Get Mystery Box with random crypto!

#PSIXOLOGIK_FAKT Biz nima uchun aynan shundayligimizni ifoda | Psixologiya New

#PSIXOLOGIK_FAKT

Biz nima uchun aynan shundayligimizni ifodalovchi 10 ta fakt.

1.Agar maqsadlaringizni boshqalarga oshkor qilsangiz, sizda maqsadga erishish imkoniyati ancha kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson maqsadini boshqa birovga aytsa, unda o‘sha maqsadga eltuvchi motivatsiya yo‘qoladi.

2.Uxlashdan oldin hayolingizda oxirgi marta gavdalangan inson, yo sizning baxtingizga, yoxud iztirobingizga sababchi bo‘lgan insondir.

3.Ijobiy ruhiyatga ega insonlar bilan birga bo‘ling, baxtli odamlar sizni yanada baxtliroq qiladi.

4.Parchalangan qalb tufayli inson vafot etishi mumkin. Bu tibbiyotda “Stress kardiomupatiya” deyiladi.

5.Aqlli insonlar o‘zlarini nisbatan pastroq baholaydilar va ularda o‘z-o‘zini tanqid qilish hissi mavjud bo‘ladi.

Ahmoq insonlargina o‘zlarini mukammal deb hisoblaydilar.

6.Qo‘shiq kuylash depressiya va kuchli havotir kabi negativ tuyg‘ularni kamaytiradi.

7.Ayrim insonlar juda baxtli bo‘lishdan qo‘rqadilar. Chunki, ulkan baxtdan keyin mudhish hodisa ro‘y beradi deb qattiq ishonadilar.

8.Psixologik isbotlangan ma’lumot, sevib qolish uchun 4 daqiqa kifoya.

9.98% holatlarda, siz haqingizda savol so‘rashni xohlasalar, hayolingizga birinchi bo‘lib yaqin kunlarda qilgan barcha yomon ishlaringiz keladi.

10.Bugungi kunda o‘rta maktab o‘quvchisining havotir darajasi 1950-yilda ruhiy kasalning o‘rtacha havotir darajasi bilan barobar.

@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING