Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT KULGI haqida qiziq maʼlumotlar: Goʻdak uch oylik | Psixologiya New

#FAKT

KULGI haqida qiziq maʼlumotlar:

Goʻdak uch oylik boʻlmaguncha kula olmaydi. (Demak, baʼzi odamlar umrbod goʻdakligicha qolar ekan-da...)

Inson kulgan paytda yuzidagi 17 ta muskul ishlaydi, hoʻmraysa, 47 tasi ishlashga majbur boʻladi. (Afsuski, muskullarini ishlata olmaydiganlar ham hayotda yoʻq emas).

Olti yoshli bola kuniga oʻrtacha 300-marta kular ekan. Yoshi kattalar esa 15 – 100-martagacha kula olishadi. (Koʻrdingizmi, bola boʻlish oson emas).

Chehralari ochiq, kulib xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, chehrasi tundlarga qaraganda bir yarim baravar koʻproq choy-chaqa undirishar ekan. (Boyimoqchimisiz? Kulib yuring)

Eng koʻp jilmayib yuradiganlar Braziliya va Kubada yasharkan. Skandinaviyaliklar esa, aksincha, eng jiddiy qiyofada boʻlisharkan. (Shuning uchun ham Braziliya va Kubaga hamma maftun).

Kulayotgan paytda oʻpkadagi havo soatiga yuz kilometr tezlikda otilib chiqadi. (Notoʻgʻri oʻylamang, bu havo ogʻizdan chiqib ketadi.)

Ruhi tetik, kulib yuradigan odamlarda yurak kasalliklariga duchor boʻlish ehtimoli tushkun yuradiganlarnikiga qaraganda qirq foiz kamroq boʻlar ekan. (Shifoxonalarning yurak boʻlimi qachon boʻshab qolarkin-a...)

Kuniga 17 daqiqa kulgan odamning umri bir kunga uzayar ekan. (Uzoq yashashning hech qiyin joyi yoʻq).