Get Mystery Box with random crypto!

Bir ayol voyaga etgan oglining maroq bilan rasm solishini kuza | Psixologiya New

Bir ayol voyaga etgan oglining maroq bilan rasm solishini kuzatyapti. U ogliga mehr bilan tikilar ekan: “Koz tegmasin, oglim juda qobiliyatli”, ‑ deb qoyadi.

Har bir kishining oziga yarasha qobiliyatlari boladi. Kimdadir bor qobiliyat, boshqa birovda bolmasligi ham mumkin. Kimdadir rasm solish qobiliyati, boshqa birovda oqituvchilik qobiliyati, yana birovda notiqlik qobiliyati, bazilarda biznes qila olish qobiliyati, yoki boshqara olish qobiliyatlari mavjud.

Xudo har bir insonga qobiliyat ato etadi. Hatto hech qanday qobiliyatga ega emasman degan odamning ham bir narsada qobiliyati boladi. Buni ozi kora olmaydi holos. Agar hech qanday qobiliyatga ega emasman deb oylasangiz, ozingizni yaxshilab tekshirib chiqing. Umuman ozligingizga qarang, albatta biror narsada qobiliyatingiz borligini korasiz.

Ammo qobiliyat ham oz ozidan rivojlanib qolmaydi. Xudo bergan qobiliyat ustida ishlashga togri keladi. Agar qobiliyatingizga etibor bermasangiz va uni ishlatmasangiz ozligingizning bir chekkasida chang bosib, yoqolib ketadi. Bir oilada yigitcha yoshligidan juda ajoyib rasmlar chizadi. Hamma qarindosh uruglar va ota‑ona uning bu qobiliyatidan juda fahrlanadi. Ammo osha yigitchaning bu qobiliyatiga etibor bermay, oz holiga tashlab qoyilsa, bu qobiliyat oddiy qiziqishga aylanib qoladi.


@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING