Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT Qalb qachon yig'laydi? Qalb haqiqatni bilgach, o | Psixologiya New

#FAKT

Qalb qachon yig'laydi?

Qalb haqiqatni bilgach, o'zingiz xoli qolganingizda xato qilganingizni bilsangiz ham tan olgingiz kelmaganda yig'laydi...

Qalb sizdan o'zi aslida ham o'zib ketgan, siz uningdek bo'lolmasligingizni bilganda yig'laydi.

Qalb odamlarning sizga jabr, zulm qilishida ojiz qolganingiz, sukutdan boshqa yo'lingiz yo'qligida yig'laydi.

Qalb bir xato qilgach uni takrorlamaslikka ont ichganingizdan keyin yana o'sha xatoni sodir etganingizda yig'laydi.

Qalb siz hech ham xiyonat kilmagan insoningiz sizga xiyonat qilib, hissiyotlaringizni oyoq osti qilganda yig'laydi.

Qalb ko'p yig'laganingiz sabab ko'zyoshlaringiz qurib qolganda yig'laydi.

Qalb atrofingizdagilar ko'p bo'lsa ham, o'zingizni yakka sezganingizda yig'laydi.

Qalb sizga yaqin bo'lgan insonning qadrini uni yo'qotginingizdan keyingina sezganingizda yig'laydi.

Qalb yig'layveradi. Hayot unga boqmaydi. Davom etaveradi
.

@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING