Get Mystery Box with random crypto!

Parijda bir masjidga bolakay kirib imomdan so'radi: — Meni on | Psixologiya New

Parijda bir masjidga bolakay kirib imomdan so'radi:
— Meni onam yubordilar, sizlarning madrasangizda o'qisam bo'ladimi?
— Bo'ladi. Lekin onang qani? Avval undan ba'zi ma'lumotlar olishimiz kerak, dedi imom.
— Onam tashqarida turibdilar, —dedi bola — Masjidga kira olmas ekanlar, chunki onam musulmon emaslar.

Imom shoshib ko'chaga chiqdi va bolaning onasidan maqsadini so'radi. Ayol shunday javob berdi:

— Taqsir, mening bir musulmon qo'shnim bor. U farzandlarini madrasaga kuzatayotganida farzandlari onasining qo'lini o'pib, boshiga suradi. U oila doim baxtli, xotirjam ko'rinadi. YAna men bu shaharda birorta musulmon farzand o'z ota-onasini qariyalar uyiga berib yuborganini ko'rmadim. Iltimos, mening bolamga ham Islomni o'rgating, shoyad bu ham menga o'shalardek muomala qilsa.


Allohim, bizlarni musulmon qilib qo'yganing uchun O'zingga cheksiz hamdlar bo'lsin
!

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali