Get Mystery Box with random crypto!

#SHAXSIY_RIVOJLANISH E'tibor markazda boʻlish uchun... Bosh | Psixologiya New

#SHAXSIY_RIVOJLANISH

E'tibor markazda boʻlish uchun...


Boshqalarni tinglashni oʻrganing, suhbatdoshingizning gapirish erkinligini cheklamang;

Kamtar boʻling. Chunki kamtarlik sevimli boʻlishning eng taʼsirli yoʻlidir;

Hadeb maqtov eshitish istagingizni bir chetga surib, ruhlantirishni, birovlarni maqtashni ham oʻrganing, xudbin boʻlmang;

Doim xushchaqchaq holda yurish qiyin. Bu tushunarli. Lekin qoʻlingizdan kelganicha gʻam-tashvishlaringizni yashira biling;

Tanqidni toʻgʻri qabul qilishni oʻrganing;

Ochiq yuz, shirin soʻz koʻngillar kalitidir;

Hamisha avval salom bering, soʻng hol-ahvol soʻrang;

Qarindosh-urugʻlar bilan bordi-keldi qiling, qoʻni-qoʻshni, tanish-bilishlar bilan yaxshi munosabatda boʻling.


@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING