Get Mystery Box with random crypto!

#JAVOBLAR “Alyo”– bunday javob beruvchi kishi olijanob, ish | Psixologiya New

#JAVOBLAR


“Alyo”– bunday javob beruvchi kishi olijanob, ishbilarmon, hazilkash. Muhimi,bu tiofa kishilarning asab tizimi mustahkam. Agar siz tez-tez qo‘ng‘iroq qilib g‘ashini keltiraman yo jahlini chiqaraman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular sizga doim bir maromda, xotirjam javob qaytarishadi.

“Allo”– bu so‘zni og‘ir-vazmin, ichimdagini top toifali kishilardan eshitishingiz mumkin. Ular bilan xovliqmasdan, ortiqcha gap-so‘zlarsiz gaplashishga harakat qiling.

“Eshitaman”deb javob beradigan kishilarni quruq mulozamatli, biroz befarq deyish mumkin. Bu toifadagilar ko‘pincha davlat idoralarida ishlaydiganlar bo‘ladi. Yaxshisi, ularni ikki marta “eshitaman”, deyishga majburqilmang. Alohida hurmat bilan gaplashsangiz, iltimosingizni injiqliksiz qabul qiladi.

“Ha!” (Da!)– javobi o‘z-o‘zidan ma’lum, fe’l-atvordagi barqarorlik, ishonuvchanlik, shoshilmaslik, ba’zi hollarda ojizlikni anglatadi. U bilan ochiq, lekin muloyimlik, sabr bilan gaplashishga harakat qiling.

“Gapiring”– so‘zsiz qo‘pollik bu. Bu kishi o‘zi hurmat ko‘rsatmagan holda sizdan hurmat kutyapti. Siz ham unga shu ohangda gapiring. Faqat shundagina qo‘ng‘irog‘ingiz samara beradi.

@PSIXOLOGIYANEW OBUNA BO'LING