Get Mystery Box with random crypto!

Azizbek KHABIBULLAEV ning bu yilgi OXIRGI motivatsion so'zlari | Psixologiya New

Azizbek KHABIBULLAEV ning bu yilgi OXIRGI motivatsion so'zlari!

Agar biror inson bir muddat yolg'iz qolib, o'z ustida ishlab qaytib kelgan bo'lsa, demak u inson juda xavfli insonlardan biridir.

6 oylik diqqat, harakat va shoshqaloqlik hayotingizni tubdan o'zgartirishi mumkin. Muntazamlik, chalg'ishlarga zarba bera olish va sabr bilan chekinmasdan tura bera olish, qiyinchiliklarni sevish - bular sening MUVAFFAQIYATING KALITIDIR.

Nimalar seni orzu qilishga majburlamoqda? Nimalar seni kechqurun budilnik qo'yishga undamoqda? Ha, ha, ana shular sening haqiqiy orzularingdir.

Bahonalar - bu shunchaki ermak yoki vaqt termitlari xolos. Senga bu termitlarni yo'q qila olish uchun yetarlicha tartib-intizom bor, yetarlicha dvigateling, turtking ya'ni motivatsiyang bor.

Shunchaki boshla, shunchaki erish, shunchaki senga ishona olmagan insonlarning qay tarzda boqishiga qarab, zavq ol. Shunchaki boshla do'stim, barchaga ko'rsatib qo'y!

Shunchaki o'z o'yiningni boshla)

Azizbek Khabibullaev

@PSIXOLOGIYANEW