Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya Eng qiyini xohlayotgan narsangni qilish emas, nim | Boy Bo'lish Sirlari , Psixologiya

Motivatsiya

Eng qiyini xohlayotgan narsangni qilish emas, nima xohlayotganingni bilish.

Ko'pincha sen xohlayotgan narsa aslida seniki bo'lmaydi. Shunchaki jamiyat do'stlar, ijtimoiy tarmoqlar, filmlar tomonidan singdirib borilgan bo'ladi.
Sen esa "men shu narsalarni xohlayman" deb o'ylaysan va harakatni boshlab yuborgach jarayon davomida doimo motivatsiya yetishmasligidan nolib yurasan.

Aslida motivatsiya hammada bor. "Hech narsa qilgim kelmaydi" deydigan odamlar ham, o'yin o'ynashga kelganda birdaniga motivatsiyaga to'la bo'lib ketishadi. Aslida motivatsiya nisbiy.
U doimo bo'lishi uchun sen o'zingga yoqadigan va rostdan ham o'zing xohlaydigan ishni topishing kerak.

Sen ham shu ishni qilishing kerak. Turli yo'llarda o'zingni sinab, holatingga baho berib, tanlab va tark etib ko'rishing kerak. Bu ishni sen uchun hech kim qilib bera olmaydi.
To'g'ri, qiynalasan, doimo yangi narsalar o'rganishga majbur bo'lasan, lekin ertami kechmi natijaga erishasan