Get Mystery Box with random crypto!

​Pul nima? Insonlar ongida pul to‘g‘risida 2 xil tushunchalar | Boy Bo'lish Sirlari , Psixologiya

​Pul nima? Insonlar ongida pul to‘g‘risida 2 xil tushunchalar mavjud.

Birinchisi salbiy tushunchalar

▼ Pul - bu johillik.

▼ Pul yaqin insonlar orasiga nizo soladi.

▼ Pul nafsga erk beradi.

▼ Agar pul ko‘p bo‘lsa, halovat yo‘qoladi. Ertayu kech uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib yashaysan.

▼ Pul boshqa hamma qadriyatlarni unutishgal majbur qiladi

▼ Pul odamlarni xasis va ochko‘z qiladi.

Ikkinchisi ijobiy tushunchalar

Pul - bu ozodlik. Boshqa odamlarga qaram bo‘lmaslik imkoni.

Pul - haq to‘lanadigan emas, ko‘nglingga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish imkonini beradi.

Pul orzularni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.

Pul turli qulayliklar taqdim etadi, turmushni go‘zallashtiradi.

Pul qariganda farovon hayotni ta'minlaydi.

Pul - bu yaqinlarimizga, ota-onamizga, farzandlarimizga va do‘stlarimizga yordam berish imkonini yaratadi.

Pul farzandlarga yaxshi ta'lim berish imkonini yaratadi.

Endi o‘zingizga savol bering! Pul siz uchun nima?