Get Mystery Box with random crypto!

O‘z qadringni bil O‘qituvchi auditoriyaga kirib, salomdan so‘ | Boy Bo'lish Sirlari , Psixologiya

O‘z qadringni bil

O‘qituvchi auditoriyaga kirib, salomdan so‘ng cho‘ntagidan 100$ chiqardi. Va:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? — dedi. Talabalarning barchasi qo‘l ko‘tardi. So‘ng uni ikki kafti orasiga olib g‘ijimladi. So‘ng:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi. Yana hamma qo‘l ko‘tardi.
O‘qituvchi uni oyoqlari ostiga tashlab bosdi. U kir bo‘ldi:
- Hech qanday shartsiz, kim buni olishni xohlaydi? - dedi.
Talabalar ikkilanish va istihola qilib turishganida bir yigit qo‘l ko‘tardi. Ustoz undan:
- Bu kir bo‘lgandan keyin ham olging keldimi? - deb so‘radi.
Talaba:
- Men uni tozalayman. U ishlatsa bo‘ladigan 100$ aylanadi, - dedi. O‘qituvchi tabassum qildi. Talabalarga qarab:
- Bugungi dars - shu. Sen bu qog‘ozni qanchalik o‘zgartirma, u o‘z qiymatida turadi.

Sizlar ham shunday bo‘lishingiz kerak. Hayotda sizni yakson qilmoqchi, yo‘lingizga to‘g‘anoq bo‘luvchi, yuksalishingizdan to‘suvchi, qadringizni tushuruvchi, xor bo‘lishingizni xohlaguvchilar chiqadi. Siz o‘z qadringizni bilarkansiz, boshqalar istamasalar - da vaqti kelib buni e’tirof etadilar. Siz o‘zingizga ishonchingizni yo‘qotsangiz, ana o‘shanda qiymatsiz insonga aylanasiz! - dedi.