Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza ACHCHIQ HAQIQATLAR • Negadir doim ko'nglimizni o | PSIXOLOGIK TEST

#Mulohaza

ACHCHIQ HAQIQATLAR

• Negadir doim ko'nglimizni og'ritgandan emas - ko'nglimizga qaraydigan insonlardan alamimizni olamiz...

• Bizni sevganlarga ozor beramizu - sevmagan insonlarga poyandoz bo'lamiz...

• To'g'ri yo'l ko'rsatganni yomon ko'ramizu - egri yo'lga boshlaganni ortidan doim qolmaymiz...

• Yaxshi ko'rgan yaqinlarimizga, kasal birodarlarimizga vaqtimiz yo'g'u, etti yot begonanikiga oshga borishga har doim vaqt topamiz...

• Oilasi nochorroq singlimizga har xil baxonalar bilan yordam bermaymizu lekin - xalqni ko'ziga qozon - qozon osh qilib ziyofat beramiz...

• Ota - onamizni haftada bir bora ko'rib kelishga fursat yo'q - ammo ulfatlar bilan o'tirishga har doim ham tayyormiz...

• Ayolimizga bir necha kalima shirin so'zimizni ayaymizu - lekin ko'chadagi ayollarga go'zal kalimalar orasidan go'zallarini ayamaymiz.

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali