Get Mystery Box with random crypto!

- AYOL ZOTI QANDAY ZOT O'ZI...? O'ylab, dedi - Donishmand | PSIXOLOGIK TEST

- AYOL ZOTI QANDAY ZOT O'ZI...?

O'ylab, dedi - Donishmand sekin: -

- AYOL asli qalbning gavhari,
Usiz ishning yo'qdir samari.


AYOL shunday zotdir ojiza,
AYOL bizga ЕTTI MO'JIZA.

Oyog'ining ostida JANNAT,
Qo'li guldir ajoyib SAN'AT.

Tishlari dur tovlanib turar,
Ko'zlarida mehr mavj urar.


Pichirlaydi lablari faqat,
AYOL uchun berilgan toqat.

Sochlarida qor, qirov nomi,
Tillarida Baxtning kalomi.


Quloqlari tinglar yaxshi so'z,
Kipriklari misli bir tovus.


Qoshlarida kamonning aksi,
Hech
ZOT yo'qdir AYOLDЕK yaxshi.

O'zi emas bolam esin der,
Shirin bolam
ONAM desin der.

Ko'nikadi shart qo'ysa TAQDIR,
Bunday ZOT kim, AYOLDIR axir.

Erkaksizmi AYOLNI dersiz,
AYOL mening bir yorim dersiz.

Onam AYOL, Ayolim AYOL,
Opa -singil, jigarim AYOL.

O'zbek ayoli ibolari bor,
Boshda ro'mol, Zebolari bor.


So'zim bisyor AYOL vasliga,
So'zim ojiz, AYOL nasliga.

Dedi, shunday so'zlar DONISHMAND!
Qishloq ahlin qamradi HAYRAT!!!

Nahot Ayol, shunday ULUG' ZOT,
AYOLLARNING bori o'zi BAXT...!!!