Get Mystery Box with random crypto!

#qiziqarli_malumot ​​Ayrim konsultatsiyalardan, qisqa savol | PSIXOLOGIK TEST

#qiziqarli_malumot

​​Ayrim konsultatsiyalardan, qisqa savol javoblar.

Nima uchun u koʻp pul topadi men esa yoʻq?

-Chunki, siz uning qancha topishini aniqlashga sarflagan vaqtingizni u ishlab, pul topishga sarflaydi...

Nimaga qaynonam ovsinimni yoqtiradi, meni yoqtirmaydi?

-Chunki, siz „men kimga yoqaman“, degan oʻy bilan xarakat qilganingizda, ovsiningiz „menga nima yoqadi“ deb fikrlaydi.

Nimaga uning onasi mexribon, mening onam esa....

-Chunki u onasini nuqsonini qidirmay, shunchaki, borligi uchun minnatdor boʻla oladi.
Siz esa, ideal boʻlishini kutib, ichingizdagi mexringizni chiqarolmay alamzada yuraverasiz.


Toki, hayotigizni boshqalarniki bilan solishtirishda davom etarkansiz, oʻzingizdagi bor neʼmat va imkoniyatlarning qadri yoʻqolib boradi.
Shu tariqa hayotimizni oʻzimiz qadrsizlantirib, xech nimadan koʻnglimiz toʻlmaydigan insonga aylanib qolamiz...


@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali