Get Mystery Box with random crypto!

#RUHIYAT Eng koʻp energiyaga toʻldiruvchi va orom beruvchi us | PSIXOLOGIK TEST

#RUHIYAT

Eng koʻp energiyaga toʻldiruvchi va orom beruvchi usullar

Uyqu
Deyarli barchada birinchi oʻrinda uyqu ekan.
Uyqu hal boʻlmayotgan vaziyatlarga „yangi“ nazar bilan qarash uchun eng yaxshi vosita
Agar doim uyqu kelsa, demak tana charchagan va dam soʻrayapti degani. Oʻzimizni uyquchilikda ayblamay kelganda toʻyib uxlash kerak.


Tabiat
Tabiat qoʻynidagi har qanday vaqt oʻtkazish, yer ishlari ham shu jumladan energiyaga toʻyinishga katta yordam beradi.

Raqs
Raqs ham kayfiyatni koʻtaradi. Raqsni kundalik ish qilib olgan insonlar ancha unumdorroq va optimistroq boʻlishadi

Shopping
Mening eng sevimli mashgʻulotlarimdan biri shopping
Nafaqat mening har bir ayolning eng yoqimli mashgʻulotidir.
Menimcha erkaklarga ham oʻziga va ayniqsa mashinasiga nimadirlar xarid qilish juda yoqadi

Kitob mutolaa qilish
Oʻzingizga yoqadigan sarguzashtlarga boy kitoblar mutolaa qilish. Filmlar, multfilmlar tomosha qilish

Meditatsiya
Oʻzimga juda yoqadigani va menga juda katta yordam bergan yoʻnalish-bu meditatsiya

Hordiq
Yaqinlar bilan oʻtkazilgan hordiq ham insonga kuch va gʻayrat bagʻishlaydi. Shunday ekan dam olish kuningizni yaqinlaringiz davrasida oʻtkazishga odatlaning
!

Dilnoza Mirxamidova

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali