Get Mystery Box with random crypto!

​#Mulohaza Vaqtim yo'q, deguvchilar — vaqtning qulidirlar. «V | PSIXOLOGIK TEST

​#Mulohaza

Vaqtim yo'q, deguvchilar — vaqtning qulidirlar. «Vaqtim yo'q», deyish bir bahona. Bu bahona bilan odam boshqalarni emas, avvalo o'zini aldaydi. Xudo bizga bir kecha-kunduzda yigirma to'rt soat vaqt berib qo'yibdi. Shu vaqtning egasi o'zgalar emas, o'zimiz. Ana shu yigirma to'rt soatni taqsimlash uchun Yaratguvchi tomonidan aql, farosat, zehn... ne'matlari ham berilgan. Odam vaqtga qul emas, xoja bo'lmog'i kerak. Biz behuda ishlarga ko'p mahliyo bo'lamizda, zarur yumushlarga kelganda «vaqtimiz etishmaydi», deb nolishni boshlaymiz. Hatto ertalabdan kechgacha qarta o'ynab o'tiruvchilar ham shunday deb hasrat qiladilar. Qiyomatda vaqtimizni behuda sarf qilganimiz uchun ham hisob bersak kerak, vallohi a'lam?

Tohir Malikning "Mehmon tuyg'ular" kitobidan

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali