Get Mystery Box with random crypto!

'ODAMLAR BILAN HECHAM CHIQISHA OLMAYAPMAN' #psixolog_maslahat | PSIXOLOGIK TEST

"ODAMLAR BILAN HECHAM CHIQISHA OLMAYAPMAN"

#psixolog_maslahati

Hozir koʻpchilikda notogʻri psixologik miya dasturlari mavjud. Ular oʻzini butun olamdan ayro holda va qolgan insonlarga dushmandek tasavvur qiladilar. Endi keling tasavvur qilamiz, hammamizda Xudoning uchquni bor va hammamiz bir butunmiz. Hammamizning qalbimizda kichik, judayam kichik yorugʻlik bor va bir-birimizga koʻrinmas ip bilan bogʻlanganmiz. Shularni doimo yodda saqlang. Aslida ham shunday. Har bir insonda yorugʻlikni koʻra oling, shunda kirishimli shaxsga aylanasiz.

Mahatma Gandiga qoʻpol munosabatda boʻlishganda u muloyimlik bilan javob qaytaradi, nega? Chunki u barcha insonda ruhiyatni koʻra oladi, insoniylikka xos egoizmni esa tushunadi, kechiradi va qabul qiladi. Yomon odamlar yoʻq, shunchaki biz yomon deb hisoblagan odamlarda ego kuchli, ular ruhiyatdan uzoqlashgan. E'tibor berganmisiz, odamlar nega bir-biriga baqirishadi? Lekin yonginasida, pichirlasa ham eshitadi. Sababi ular qalban uzoq...

@Psixo_Testlar testlar kanali