Get Mystery Box with random crypto!

#FAKT Qisqa satrlarda Kutilgan baxt - kutilmagan vaqtda ke | PSIXOLOGIK TEST

#FAKT

Qisqa satrlarda

Kutilgan baxt - kutilmagan vaqtda keladi;

Baʼzan taqdirga tan berishni ham oʻrganish kerak, qalb xotirjamlikka erishsa taqdirdagi muammolar ham sizga tan beradi;

Insonga oʻzi haqida gapirish va eshitish hamisha yoqimli va qiziqarlidir. Oʻzingiz haqingizdagi fikrlar qiziqarlimi? Unda avval oʻzgalarni tinglashni biling;

Odatda atrofdagilar haqida koʻp narsa bilaman, deb oʻylaymiz, lekin aslida oʻzimiz haqimizda deyarli hech narsa bilmaymiz;

Oʻz hayotingizni oʻzgalarnikiga solishtirmang, chunki u oʻz hayotingizdir;

Agarda tun zulmati boʻlmaganida oy va yulduzlar bu qadar goʻzal koʻrinmas edi;

Koʻz oldingizda botqoqdan nilufar unib tursa-yu, musibatʼʼlaringizdan hikmat axtara olmaysizmi?

Sukut - shovqin-suronning siyratidir;

Siz kimni mukammal deya olasiz? Oy yuzida dogʻlari bor yagona jism emas, quyoshning yuzida ham dogʻlari bor;
Yer shari dumaloq. Yakuniga yetgan manzillar aslida siz uchun boshlanishi boʻlishi mumkin
!...

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali