Get Mystery Box with random crypto!

#PSIXOLOGIK_USUL ​​AYOL KO'NGLIGA YO'L TOPISH... – Suhbatla | PSIXOLOGIK TEST

#PSIXOLOGIK_USUL

​​AYOL KO'NGLIGA YO'L TOPISH...

– Suhbatlashayotganda ijobiy so'zlarni ishlating, salbiylaridan saqlaning;

– Aniq gapiring, gapingizni yaxshi anglab olgunicha takrorlang;

– Ayolingizni chiroyli ismlar bilan chaqiring.

– Bo'sh vaqtingizni ayolingiz bilan suhbatlashishga sarflang;

– Unga yaxshi yangiliklarni etkazing;

– Eng yaxshi xotiralaringiz ayolingiz bilan birga bo'lishini har doim yodda saqlang;

– Ayolingiz bilan meʻyorni bilgan holda hazillashing;

– Sport yoki boshqa biror narsada ayolingiz bilan o'zaro musobaqalashing;

– Ayolingizning siz uchun muhim qarashlari to'g'risida o'z fikringizni bildiring;

– Uning fikrlarini diqqat bilan o'rganib chiqing;

– O'z fikrlari bilan sizga yordam bergani uchun ayolingizga minnatdorchilik bildiring;

– Maʻqul topmagan kishini borib ko'rishga ayolingizni majburlamang;

– Ehtiyojlariga etadigan darajada pul bilan taʻminlang;

– Qaerda bo'lishingizdan qatʻi nazar ayolingiz bilan xabarlashib turing;

– Iloji boricha tezroq uyga qaytishga harakat qiling;

– Ayolingizga hadya olib kelishni unutmang;

– Doim toza-pok bo'ling;

– Ayolingiz uchun xushbo'ylaning;

– To'shak sirlarini, ayolingiz muammolarini, boshqa shaxsiy maʻlumotlarni o'zgalarga aytmang;

– Ota-onasini ziyorat qilishga ayolingizni olib boring;

– Ayolingizni kelib ko'rishga ularni taklif eting;

– Ayolingiz nomahram erkaklarga bemalol aralashib yurishiga yo'l qo'ymang;

– Ortiqcha rashkdan saqlaning;

– Sizga nisbatan qilgan xatolarini kechiring;

– Eng avval bir necha marta bilvosita, keyin bevosita nasihat qiling;

– Ayolingizning faqat katta xatolarinigina hisobga olib qo'ying;

– Xato qilishidan qatʻi nazar, uning barcha yaxshiliklarini yodda tuting;

– Ayolingizni yaxshi ovqat qilmagani uchun tergamang, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam taom haqida yomon gapirmaganlar;

– Xatosini aytishdan oldin unga bilvosita bildirishga harakat qiling. To'g'ridan-to'g'ri aytishdan ko'ra mana shunisi afzal;

– Ayolingizga qattiq botadigan so'zlarni gapirmang;

– Gʻazabingiz ketishini kuting. Chunki bu, o'zingizni muvozanatda tutib turishga yordam beradi.


“Baxtli hayot sari” kitobidan

@Psixo_Testlar Psixologiyadan testlar kanali